Gulistonda 550 mln soʻmlik noqonuniy zargarlik buyumlari musodara qilindi

11:34 30 May 2025 Jamiyat
213 0

Illyustrativ foto

Sirdaryo viloyati Guliston shahrida 550 million soʻmlik noqonuniy zargarlik buyumlari savdosining oldi olindi. Bu haqda Bojxona qoʻmitasi xabar qildi.

Viloyat bojxona boshqarmasi tezkor xodimlari Guliston shahar Iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish departamenti hamda Milliy gvardiya vakillari bilan hamkorlikda zargarlik buyumlarining noqonuniy aylanuvini oldini olish borasida oʻtkazilgan tezkor tadbirda oldindan kuzatuvga olingan fuqaro bir juft tilla zirakni 1,1 million soʻmga sotayotgan vaqtida toʻxtatib qolindi.

Shundan soʻng, fuqaroning qoʻl yuklari belgilangan tartibda koʻzdan kechirilganida uning ichida xorijda ishlab chiqarilgan, hech qanday tegishli hujjatlari boʻlmagan, 6 turdan iborat, dastlabki qiymati 550 million soʻmlik, 576,8 gramm tilla va kumush taqinchoqlar borligi aniqlandi va ular ashyoviy dalil sifatida olindi.

Avvalroq Xorazmda ham litsenziyasiz 5,95 gramm ogʻirlikdagi 1 dona uzukni noqonuniy ravishda sotayotgan fuqaro toʻxtatilib, unda mazkur fuqaroga tegishli savdo shoxobchasi xolislar ishtirokida koʻzdan kechirilganda, dastlabki hisob-kitoblarda qiymati 1 milliard soʻm boʻlgan 1 kilogrammdan ziyod ogʻirlikdagi zargarlik buyumlari vaqtincha saqlovga olingandi.

Ushbu holatlar yuzasidan surishtiruv va tergovga qadar tekshiruv harakatlari olib borilmoqda.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?

Ko‘p o‘qilganlar

Yangiliklar taqvimi

Кластер