Andijonda yoʻllarda katta tezlikda harakatlangan “Porsche Taycan” jarima maydoniga qoʻyildi
Ijtimoiy tarmoqlarda “Porsche Taycan” haydovchisining yoʻlda mashinani katta tezlikda haydagani tasvirlangan video tarqaldi. Bu fuqarolarning turli munosabat va oʻrinli noroziliklariga sabab boʻlgan. Holat yuzasidan Andijon viloyati IIB YHXB Matbuot xizmati maʼlumot berdi.
Maʼlum qilinishicha, hodisa 10-iyul kuni Andijon shahar Bogʻishamol dahasi hududida sodir etilgan. “Porsche Taycan” haydovchisi qoidabuzarlik sodir etib, ushbu harakatni old oʻrindiqda oʻtirgan yoʻlovchiga videoga oldirgan va ijtimoiy tarmoqqa joylashtirgan.
Haydovchi mashinani qiziqib “bosib” koʻrganini va sherigi bu holatni videoga olib oʻz sahifasiga joylashtirganini aytgan.
Ushbu vaziyat yuzasidan tegishli bayonnoma rasmiylashtirilib, avtomobil jarima maydoniga qoʻyildi.
Avvalroq “Air India” fojiasida birgina yoʻlovchi yengil jarohatlar bilan omon qolgani haqida xabar qilgan edik. Unda samolyot bortida boʻlgan 242 kishidan birgina Vishvashkumar Ramesh omon qolgan.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- Nega biz haligacha oʻzga sayyoraliklar bilan uchrashmaganmiz?
- 16-yanvar kuni baʼzi joylarda qor yogʻadi
- Raqamli Oʻzbekiston uchun kiber-huquqshunoslar: Prezident Farmoni yuridik taʼlimning yangi davrini ochadi
- Oʻzbekiston Respublikasining xorijdagi diplomatlaridan iborat delegatsiya aʼzolari Islom sivilizatsiyasi markaziga tashrif buyurdi (+fotoreportaj)
- Koʻrfaz arab davlatlari bozoriga bojsiz kirish imkoni yaratiladi
- Dunyo boʻylab qon va koʻzyosh bilan oʻtgan bir hafta — 20 ta suratda
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring