Chet el fuqarolariga Oʻzbekistonda koʻchmas mulk olishlari yengillashdi
“Tadbirkorlik muhitini yaxshilash va xususiy sektorni rivojlantirish orqali barqaror iqtisodiy oʻsish uchun shart-sharoitlar yaratish borasidagi navbatdagi islohotlar toʻgʻrisida”gi Prezident Farmoni qabul qilindi.
Farmonga muvofiq, quyidagilar joriy etiladi:
— qishloq xoʻjaligiga moʻljallanmagan yerlarni mulk huquqi asosida auksion orqali sotishda toʻlovlarni 3 yilgacha boʻlib-boʻlib toʻlashga ruxsat etiladi;
— boʻlib-boʻlib toʻlash sharti bilan sotilgan davlat aktivlari va qishloq xoʻjaligiga moʻljallanmagan yerlar boʻyicha kamida 35 foizi miqdoridagi dastlabki toʻlovni biryoʻla amalga oshirgan xaridorlarga mazkur mulklarni kredit taʼminoti sifatida garovga qoʻyish huquqi beriladi.
2022-yil 1-maydan roʻyxati Vazirlar Mahkamasi tomonidan tasdiqlanadigan xorijiy davlatlar fuqarolariga Oʻzbekistonda yashash guvohnomasini talab qilmagan holda, yangi barpo etilayotgan quyidagi koʻchmas mulk obyektlarini sotib olish tarzida investitsiya kiritish huquqi beriladi:
— Toshkent viloyati, Toshkent va Samarqand shaharlarida – qurilish davrida tuzilgan shartnomalarga asosan qiymati 150 ming AQSH dollari ekvivalentidan, foydalanishga qabul qilingan koʻchmas mulk obyektlarida qiymati 180 ming AQSH dollari ekvivalentidan kam boʻlmagan koʻchmas mulk obyektlari;
— boshqa hududlarda – qurilish davrida tuzilgan shartnomalarga asosan qiymati 70 ming AQSH dollari ekvivalentidan, foydalanishga qabul qilingan koʻchmas mulk obyektlarida qiymati 85 ming AQSH dollari ekvivalentidan kam boʻlmagan koʻchmas mulk obyektlari.
Bunda, mazkur koʻchmas mulk obyektlarini sotib olish xorijiy davlatlar fuqarolariga Oʻzbekistonda doimiy roʻyxatdan oʻtish va yashash guvohnomasini olish uchun asos boʻlmaydi.
Xorijiy mamlakatlar fuqarolariga koʻchmas mulk sotib olish sharti bilan Oʻzbekistonda yashash guvohnomasini olish uchun talab etiladigan koʻchmas mulk qiymati miqdori Toshkent viloyati va Toshkent shahrida 400 ming AQSH dollaridan 300 ming AQSH dollari ekvivalentigacha kamaytirildi.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- Prezident Oʻzbekiston bojxona sohasi xodimlariga tabrik yoʻlladi
- Toshkentda Osiyo Olimpiya kengashiga yangi rahbar saylandi (+fotoreportaj)
- “Yangi Oʻzbekiston yulduzlari” milliy mukofoti xalqaro darajaga koʻtarilmoqda
- AQSH Adliya vazirligi Epshteyn ishi boʻyicha 3 millionta faylni eʼlon qildi
- Tramp Kubadan kelayotgan tahdid sabab AQSHda favqulodda holat eʼlon qildi
- Toshkentdagi Xalqaro kongress markazida Osiyo Olimpiya kengashining 46-Bosh Assambleyasi boʻlib oʻtmoqda
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring