Chernogoriya oʻzbekistonliklar uchun vizasiz rejimni bekor qildi
Joriy yilning 9-oktyabr kuni Chernogoriya hukumati bosh vazir Milojko Spayich rahbarligida oʻtkazilgan navbatdagi majlisida bir qator muhim qarorlar qabul qildi. Ular orasida Oʻzbekiston fuqarolari uchun vizasiz tartibni bekor qilish toʻgʻrisidagi qaror ham bor.
Maʼlum boʻlishicha, hukumat 2024–2027-yillarga moʻljallangan islohot dasturi va Yevropa Ittifoqiga aʼzo boʻlish boʻyicha 24-bobdagi talablarga muvofiq ravishda oʻz vizaviy siyosatini Yevropa Ittifoqi meʼyorlariga moslashtirmoqda. Shu munosabat bilan Armaniston, Oʻzbekiston va Misr fuqarolari uchun amal qilib kelgan vaqtinchalik vizasiz tartib toʻxtatildi.
Shuningdek, hukumat vizalar toʻgʻrisidagi nizomga oʻzgartish kiritib, Kuvayt fuqarolari uchun mamlakatga vizasiz kirish huquqini bekor qildi, Nauru davlati fuqarolarini esa vizadan ozod qilingan davlatlar roʻyxatiga qoʻshdi. Bu qadam ham Chernogoriyaning YI vizaviy siyosatiga muvofiqlashish yoʻlidagi navbatdagi amaliy qadam sifatida baholanmoqda.
Bundan tashqari majlisda Chernogoriyaning Hindiston, Yaponiya, Saudiya Arabistoni, Qatar, Chexiya va Slovakiyada yangi elchixonalar ochish, Belgiyadagi elchixonasi qoshida Lyuksemburgda vakolatxona tashkil etish boʻyicha qarorlar ham qabul qilindi.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- Oʻzbekistonda Kasbiy taʼlim agentligi tashkil etiladi
- Roʻziqul Berdiyevning matbuot anjumanidagi fikrlari yuzasidan surishtiruv oʻtkaziladi
- Tramp Koreya yarimorolidagi mojaroga yakun yasashga vaʼda berdi
- AQSH Rossiyaga bosim oʻtkazishning muqobil usullarini oʻrganmoqda
- Oʻzbekistonning yangi trayektoriyasi: Asosiy xorijiy transferlar xaritasi
- Hindistonda “Montta” sikloni sababli qariyb 90 ming kishi evakuatsiya qilindi
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring