Chexiyada O‘zbekistonning eksport imkoniyatlari namoyish etildi
Foto: “Xalq soʻzi”
Chexiya Respublikasining Brno shahrida o‘tkazilgan xalqaro sanoat ko‘rgazmasida O‘zbekistonning eksport salohiyati namoyish etildi.
Chexiya Respublikasi Bosh vaziri Petr Fialaning taklifiga binoan ayni paytda ushbu mamlakatda rasmiy tashrif bilan bo‘lib turgan O‘zbekiston Respublikasi hukumati delegatsiyasi Brno shahrida anʼanaviy tarzda 60 yildan beri har yili o‘tkazib kelinayotgan “MSV 2023” xalqaro sanoat ko‘rgazmasida ishtirok etdi.
Uning rasmiy ochilish marosimida Bosh vazir Abdulla Aripov so‘zga chiqib, mamlakatimizda Prezidentimiz Shavkat Mirziyoyev boshchiliklarida xorijiy sarmoyadorlar, savdo-sotiq ishlari, kompaniyalar o‘rtasidagi o‘zaro manfaatli hamkorlik uchun qulay imkoniyatlar yaratilgani haqida maʼlumotlar berdi.
Taʼkidlanganidek, mamlakatlar o‘zlarining turli sohalardagi salohiyatini namoyish etish, xorijlik sarmoyadorlarni milliy iqtisodiyotiga jalb qilish, yangi hamkorlarni topish va istiqbolli kelishuvlarga erishishda mana shunday nufuzli xalqaro ko‘rgazmalar muhim platforma bo‘lib xizmat qiladi.
Maʼlumot o‘rnida aytish joizki, ushbu ko‘rgazmada 43 davlatdan 1 ming 260 ta kompaniya ishtirok etmoqda. O‘zbekiston Respublikasi delegatsiyasi bunday yirik formatdagi ko‘rgazmada alohida stend bilan ilk bor qatnashayotir.
“Made in Uzbekistan” milliy stendida mamlakatimizning metallurgiya, avtomobilsozlik, elektrotexnika, kimyo sanoati, qurilish materiallari ishlab chiqarish borasidagi sanoat salohiyatidan namunalar aks ettirilgan.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- AQSH Adliya vazirligi Epshteyn ishi boʻyicha 3 millionta faylni eʼlon qildi
- Tramp Kubadan kelayotgan tahdid sabab AQSHda favqulodda holat eʼlon qildi
- Buyuk shoirning Samarqanddagi tabarruk izlari
- Oʻzlikni anglash sari muhim qadam: “Milliy qadriyatlar atlasi” kitob-albomi taqdimot qilindi (+video)
- Urush, jasorat va sport: hafta davomida dunyo eʼtiborini tortgan 10 ta surat
- “Humans” Oʻzbekistondan yuzlab million dollar zararni qoplashni talab qilmoqda
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring