“ChatGPT” Oʻzbekiston soliq toʻlovchisiga aylandi
AQSHning “ChatGPT” sunʼiy intellekt kompaniyasi Oʻzbekistonda QQS toʻlovchisi sifatida roʻyxatdan oʻtdi.
8-aprel kuni “ChatGPT” chat-boti ishlab chiquvchisi Soliq qoʻmitasining elektron xizmat yetkazib beruvchilarning maxsus platformasida hisobga olingan. Natijada, Oʻzbekistonda roʻyxatdan oʻtgan xorijiy internet-kompaniyalari soni 67 taga yetdi.
Shu yilning yanvar oyida Shveysariyaning “eBay” marketpleysi, Singapurning “Alibaba Cloud Private Limited” hisoblash sohasida faoliyat yurituvchi kompaniyalari ham QQS toʻlovchisiga aylangandi. Mart oyida esa yana ikkita kompaniya, Singapurning reklama xizmatlari bilan shugʻullanuvchi “Elementary Innovation” va Bagama orollarining “Capital Com Online Investments” savdo platformasi soliq toʻlovchi sifatida roʻyxatga olingan.
Maʼlumot uchun, “ChatGPT”ni 2022-yilning noyabr oyi oxirida taqdim etgan boʻlib, unda besh kun ichida 1 milliondan ortiq foydalanuvchi roʻyxatdan oʻtgandi.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- Alisher Navoiy – ilm va maʼno ehtiyoji manbai
- Investorlar uchun eng jozibador hudud yoxud investitsiya oqimidagi keskin tafovutning sabab va oqibatlari
- Ilm-fan sohasida xotin-qizlarga yaratilgan imkoniyatlarga bagʻishlangan anjuman
- Oʻzbekistonda inson aʼzolarini 3D bioprinterda chop etish imkoniyati yaratilmoqda
- Bedilni xalqqa tanitgan xattot
- Milliy naqshlarda oʻzligimiz namoyon
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring