“Charm toʻp” futbol musobaqasining respublika bosqichi yakunlandi
Mahalla yoshlari oʻrtasida anʼanaviy tarzda oʻtkazib kelinayotgan “Charm toʻp” futbol musobaqasining 14-16 yoshli bolalar ishtirokidagi respublika bosqichi yakunlandi.
Namangan viloyati Davlatobod tumanidagi “Yosh kuch” va “Navbahor-Umid” oʻyingohida “Ommaviylikdan oliy mahorat sari” tamoyili asosida oʻtkazilgan turnirda Qoraqalpogʻiston respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahridan saralangan 14 ta havaskor jamoa toʻrt guruhga boʻlingan holda gʻoliblik uchun bahslashdi.
Musobaqa yakunlariga koʻra, Toshkent shahar, Olmazor tumani, “Qorasaroy” mahallasi jamoasi faxrli 2-oʻrinni qoʻlga kiritdi.
“Charm toʻp” anʼanaviy futbol musobaqasida gʻolib jamoalar medallar, diplom va qimmatbaho esdalik sovgʻalari bilan taqdirlandi.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- “Loʻlilar faqat tilanchimi?...” Ular yashayotgan mahalladan fotoreportaj
- Hokimlik Toshkentni “yuva boshladi“. Xoʻsh, suv sepish havo ifloslanishini kamaytiradimi?
- Yangilanayotgan Markaziy Osiyo: birlik, doʻstlik va hamkorlikning yangi bosqichi
- “Adabiyot va hayot”: Sultonboy Dehqonovning shaxsiy fotokoʻrgazmasi ochildi (+fotoreportaj)
- Nogironligi boʻlgan fuqarolarga 30 mln soʻmgacha foizsiz ssuda ajratiladi
- Kambagʻallikni qisqartirish: pul emas, aql-idrok va bilim muhim
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring