Charm sanoatida kamida 2 milliard dollarlik loyiha paketi shakllantiriladi
Xuddi shunday charm sanoatida ham mahalliylashtirishni koʻpaytirish imkoniyatlari koʻrsatib berildi.
Tarmoq masʼullariga hududlarda kamida 2 milliard dollarlik loyiha paketini shakllantirish, avtomobillar uchun oʻrindiq jildlari, sunʼiy charmdan sport jihozlari ishlab chiqarishni yoʻlga qoʻyish toshirildi. Chorvachilik klasterida teridan toʻliq tayyor mahsulot chiqaradigan korxonalarni ishga tushirish zarurligi qayd etildi.
Mahalliylashtirishda faqat tovarlar emas, xizmatlar boʻyicha ham katta imkoniyatlar bor.
Masalan, oxirgi besh yilda 9 ta energetika, neft-gaz va metallurgiya loyihalari ishga tushdi. Kelgusi yillarda “Mustaqillik – 25” loyihasi, 30 ga yaqin mobil kompressor stansiyalari va 6 ta bugʻ-gaz qurilmalarini foydalanishga topshirish moʻljallangan.
Bu kabi obyektlardagi yuqori texnologik uskunalarni ekspluatatsiya qilish va taʼmirlash boʻyicha malakali xizmatlarga talab yildan-yilga ortib bormoqda. Kimyo, metallurgiya korxonalari, yirik nasos stansiyalari va GESlarda ham bunday xizmatlarga talab yuqori.
Shuni inobatga olib, Vazirlar Mahkamasi va tarmoq rahbarlariga birgalikda yirik korxonalarga servis koʻrsatishda mahalliy korxonalar ishtirokini kengaytirish dasturini boshlash topshirildi. Dasturda kadrlarni oʻqitish, servisga litsenziya olish, butlovchi qismlarni ishlab chiqarish boʻyicha aniq tadbirlarni belgilash zarurligi koʻrsatib oʻtildi.
Ayni paytda yigʻilishda investitsiya kompleksi hamda hududlar rahbarlarining axboroti tinglanmoqda.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- “Bashakshehir” Turkiyaning grand klubi bilan durang oʻynadi
- Sakkizta gol urilgan oʻyinda “Barselona” gʻalaba qozondi
- Oʻzbekistonda naqd pulga uy-joy va mashina oldi-sotdisi bekor qilinadi
- Sogʻliqni saqlash vazirligi “Elektron retsept” tizimi boʻyicha rasmiy bayonot berdi
- “Real Madrid” alamli tarzda magʻlubiyatga uchradi
- Milliy terma jamoaning JChdagi oʻyinlari qachon va qayerda oʻtishi maʼlum boʻldi
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring