Chang ostida qolgan Toshkent
Foto: Toyirov Abdumutalib / “Xalq so‘zi”
Bugun, 11-sentyabr kuni Toshkent shahri hududida kuchli changli shamol boʻlmoqda. Havo tarkibidagi xiralik havodagi mayda chang zarrachalari hisobiga kuzatilmoqda.

Gʻarbiy shamollarning kuchayishi, poytaxt hududlarida quruq tuproq sirti, qolaversa, poytaxt gʻarbi qoʻshni Qozogʻiston hududlaridagi chang zarrachalarini havoga koʻtarmoqda.

Toshkent shahar hokimligi noqulay ob-havo sharoitida avtotransport vositalarini daraxtlar tagida qoldirmaslikni, oʻzingiz va yaqinlaringizni ehtiyot qilishingizni taʼkidladi.
Soat 15.30 da Toshkent xalqaro aeroporti aerodromida koʻrinish masofasi 1600 metrgacha cheklangan chang boʻroni kuzatildi.

Maʼlumot uchun, Toshkent havo ifloslanishi reytingida 9-oʻringa koʻtarildi.





Foto: Toyirov Abdumutalib / “Xalq so‘zi”
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- Alisher Navoiy – ilm va maʼno ehtiyoji manbai
- Investorlar uchun eng jozibador hudud yoxud investitsiya oqimidagi keskin tafovutning sabab va oqibatlari
- Bedilni xalqqa tanitgan xattot
- Oʻzbekistonda inson aʼzolarini 3D bioprinterda chop etish imkoniyati yaratilmoqda
- Oʻzlikni anglash sari muhim qadam: “Milliy qadriyatlar atlasi” kitob-albomi taqdimot qilindi (+video)
- Ilm-fan sohasida xotin-qizlarga yaratilgan imkoniyatlarga bagʻishlangan anjuman
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring