“Centrum Air” aviakompaniyasi Toshkentdan Fargʻonaga parvozlarni yoʻlga qoʻydi

15:12 15 Fevral 2023 Jamiyat
542 0

15-fevral kuni mahalliy vaqt bilan soat 09:52 da Toshkent – Fargʻona yoʻnalishi boʻyicha Oʻzbekistonning yangi tashkil etilgan Centrum Air aviakompaniyasi samolyoti Fargʻona xalqaro aeroportiga kelib qoʻndi.

Anʼanaga koʻra, bortida 86 yoʻlovchi boʻlgan samolyot suv arkasi bilan tantanali ravishda kutib olindi.

Shuningdek, aviakompaniya Toshkent – Urganch – Toshkent yoʻnalishi boʻyicha yoʻlovchi reysi ham rejalashtirilmoqda.

Ushbu yoʻnalishda charter reyslar 2023-yil 17-fevraldan haftasiga ikki marta – juma va yakshanba kunlari Airbus A320 samolyotlarida amalga oshiriladi.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?