Dunyo

Mars sunʼiy yoʻldoshlarining kelib chiqishi aniqlandi

Yer va Mars quyosh tizimidagi sunʼiy yoʻldoshlari boʻlgan yagona sayyoralardir. Oy Yerning Teyya protoplanetasi bilan toʻqnashuvidan keyin paydo boʻlgan deb ishoniladi. Ammo Marsning Fobos va Demos yoʻldoshlarining kelib chiqishi unchalik aniq emas, chunki olimlarda bu obyektlarning namunasi yoʻq.

22:14 08 Dekabr 2024
Oxirgi 24 soat ichida Quyoshda ikkita chaqnash sodir boʻldi

8-dekabr kuni Quyoshda ikkita kuchli chaqnash sodir boʻldi. Ulardan biri X toifasi, ikkinchisi M sinfi. Bu haqda Quyosh faolligini monitoring qilish markazi xabar berdi.

20:17 08 Dekabr 2024
Tarixda birinchi marta rasm kim oshdi savdosida sotildi. Uning haqiqiyligi sunʼiy intellekt tomonidan tasdiqlandi

Syurixdagi (Shveysariya) kim oshdi savdosida birinchi marta haqiqiyligi faqat sunʼiy intellekt tomonidan tasdiqlangan rasm sotildi. Rassom Marianna Verevkinaning ishi 15 ming Shveysariya frankiga (taxminan 16 909 dollar) baholandi, bu 9 300 dollarlik dastlabki bahodan deyarli ikki baravar koʻp edi.

15:12 08 Dekabr 2024
2027-yilda Arktikadagi muzlar erib ketishi mumkin

Arktikadagi muzlar yaqin uch yil ichida erib ketishi mumkin. Bu butun sayyora uchun “dahshatli bosqich” boʻladi, deydi olimlar.

01:37 08 Dekabr 2024
Ilk bor olmos akkumulyator yaratildi. U qurilmani bir necha yil quvvatlaydi

Bristol universiteti va Buyuk Britaniya Atom energiyasi boshqarmasi (UKAEA) olimlari dunyodagi birinchi uglerod-14 olmosli akkumulyatorni yaratdilar. U qurilmani bir necha ming yil davomida quvvatlantirishga qodir.

01:29 08 Dekabr 2024
Xitoyda atrof-muhitga qarab rangini oʻzgartiradigan mato yaratildi

Xitoylik olimlar atrof-muhitga qarab rangini oʻzgartira oladigan yangi material yaratishdi. Ularning aytishicha, bu yutuq ularni “koʻrinmas plash” yaratishga yaqinlashtiradi.

01:22 08 Dekabr 2024
Qrimda nomaʼlum skif shahri topildi

Qrimning janubi-sharqiy qismidagi togʻ tizmasida ilgari nomaʼlum boʻlgan skif qalʼasiga ega qadimiy shahar topildi. U 800 yoshda deb taxmin qilinmoqda. Bu kashfiyot “Skif Neapol” tarixiy-arxeologik muzey-qoʻriqxonasi olimlari yozgi ekspeditsiya chogʻida kashf qilindi.

01:14 08 Dekabr 2024
Yangi yilga yangi muammolar bilan kirayotgan Fransiya hukumati

​​​​​​​Fransiya Bosh vaziri Mishel Barnye hukumatning qulashiga sabab boʻlgan va mamlakatdagi siyosiy notinchlikni chuqurlashtirgan ishonchsizlik votumi sabab payshanba kuni isteʼfoga chiqdi.

18:38 06 Dekabr 2024
Maqsad Asad rejimini agʻdarish – muxolifat yetakchisi

Al-Jolaniy “CNN” telekanaliga bergan eksklyuziv intervyusida Al-Qoidaning sobiq boʻlimidan tashkil topgan “Hayat Tahrir Al-Sham”ning ambitsiyalari Asad rejimiga barham berishdan boshqa narsa emasligiga shubha qoldirmagan.

18:09 06 Dekabr 2024
Krasnodarda 2025-yildan chet ellik migrantlarga ish berish toʻliq taqiqlanadi

Rossiyaning Krasnodar oʻlkasida 2025-yildan boshlab xorijiy ishchi kuchlariga ish berish toʻliq taqiqlanadi.

14:56 06 Dekabr 2024

Ko‘p o‘qilganlar

Yangiliklar taqvimi

Кластер