Krasnodarda 2025-yildan chet ellik migrantlarga ish berish toʻliq taqiqlanadi
Rossiyaning Krasnodar oʻlkasida 2025-yildan boshlab xorijiy ishchi kuchlariga ish berish toʻliq taqiqlanadi. Bu haqda 4-dekabr kuni Krasnodar gubernatori Veniamin Kondratyev toʻgʻridan-toʻgʻri muloqot chogʻida maʼlum qildi. Bu haqda “Kubanʼ 24” xabar berdi.
Maʼlum qilinishicha, gubernator kadrlar yetishmovchiligini bartaraf etish maqsadida ish beruvchilarga talabalar bilan hamkorlik qilish taklifini ilgari surgan.
“Viloyat iqtisodiyotining barcha tarmoqlarida kadrlar taqchilligi kuzatilmoqda. 2025-yildan boshlab biz chet ellik ishchi kuchini toʻliq taqiqlaymiz. Ish beruvchilar mintaqada tahsil olayotgan kollej oʻquvchilarini ish bilan taʼminlashi kerak”, deydi gubernator jonli efirdagi nutqida.
Hozirda Krasnodar oʻlkasida muhandislar, mexaniklar, agronomlar, oshpazlar, betonchilar, traktorchilar, elektrchilar, payvandchilar va tikuvchilarga boʻlgan talab yuqori boʻlib turibdi.
Avvalroq, Rossiyaning Tver viloyatida 2025-yildan boshlab chet el fuqarolari ishlay olmaydigan iqtisodiyot sohalari roʻyxati ikki baravarga kengaytirilgan edi.
Maʼlumot uchun, 2024-yilda chet ellik ishchilardan foydalanish 36 ta iqtisodiy faoliyat turida taʼqiqlangan boʻlsa, 2025-yilda bu koʻrsatkich 82 taga yetkazilishi maʼlum qilingan.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- Sakkizta gol urilgan oʻyinda “Barselona” gʻalaba qozondi
- “Bashakshehir” Turkiyaning grand klubi bilan durang oʻynadi
- Oʻzbekiston milliy terma jamoasi uchun Jahon chempionati qurʼasi omadli oʻtdimi?
- Ўзбекистон терма жамосининг Жаҳон чемпионатидаги ўйин саналари эълон қилинди
- AQSH Yevropadan NATO majburiyatlarining asosiy qismini oʻz zimmasiga olishni talab qildi
- “Matonatli Maryam” filmi keng jamoatchilikka taqdim etildi
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring