2027-yilda Arktikadagi muzlar erib ketishi mumkin
Arktikadagi muzlar yaqin uch yil ichida erib ketishi mumkin. Bu butun sayyora uchun “dahshatli bosqich” boʻladi, deydi olimlar.
2024-yilda muzning minimal darajasi 2,5 million kvadrat kilometrni tashkil etdi. Bu 1979-1992-yillardagi oʻrtacha koʻrsatkichdan ancha past.
Gothenburg universiteti (Shvetsiya) olimlari 300 ta kompyuter simulyatsiyasini oʻtkazdilar. Natijalar shuni koʻrsatdiki, 9-20-yil ichida Arktikada muzsiz qoladi. 300 ta ssenariydan toʻqqiztasi Shimoliy qutbdagi birinchi muzsiz yoz 2027-yilda sodir boʻlishini nazarda tutadi.
Arktika dengiz muzining yoʻqolishi sayyoramizdagi iqlim va ob-havo sharoitlarida sezilarli oʻzgarishlarga olib keladi, deya taʼkidladi ilmiy ish mualliflari. Italiya janubida havo harorati minus 20 darajagacha tushishi yoki Skandinaviyada oʻrmon yongʻinlari kabi ekstremal ob-havo hodisalari mumkin.
Oxirgi 30-yil ichida Arktikadagi dengiz muzlari darajasi har oʻn yilda 12 foizga kamaydi.
Olimlarning qayd etishicha, endi muzning erishini oldini olish mumkin emas. Ammo issiqxona gazlari chiqindilarini kamaytirish choralari muz qoplamini uzoqroq muddatga saqlab qoladi.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- Ilm-fan sohasida xotin-qizlarga yaratilgan imkoniyatlarga bagʻishlangan anjuman
- Oʻzbekistonda inson aʼzolarini 3D bioprinterda chop etish imkoniyati yaratilmoqda
- Bedilni xalqqa tanitgan xattot
- Milliy naqshlarda oʻzligimiz namoyon
- Nodavlat sud-eksperti sifatida faoliyat yuritish yanada soddalashtiriladi
- “Istanbul Bashakshehir” mehmondan gʻalaba bilan qaytdi
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring