All

Oliy Majlis Qonunchilik palatasi deputati: Bolalar uyi tarbiyalanuvchilarining koʻpi chet elda, ularga zamonaviy kasblarni oʻrgatishimiz kerak...

Umidaxon Zokirova vaziyatni oʻrganish uchun Andijon shahridagi Bolalar shaharchasiga tashrif buyurdi. Mehribonlik uyi direktori va mutasaddilar bilan maslahatlashib, fikrlar almashdi. Ilk amaliy tajriba Andijon shahridagi Bolalar shaharchasida amalga oshiriladi.

14:00 24 Fevral 2020
1-martdan nimalar oʻzgaradi?

1. Inkassatsiya xizmatlari uchun haq buyurtmachi tomonidan toʻlanadi Xoʻjalik yurituvchi subyektlarning naqd pullarini banklarga inkassatsiya xizmatlari orqali yetkazib berilishi boʻyicha xizmat haqi shartnoma asosida buyurtmachi, yaʼni inkassatsiya xizmatlari koʻrsatilishining tashabbuskori (xoʻjalik yurituvchi subyekt yoki bank) tomonidan toʻlanadi.

13:51 24 Fevral 2020
Klavixo Oqsaroyni qanday tasvirlagan?

Sohibqiron Amir Temurdek ulugʻ zotning kindik qoni toʻkilgan zaminga, jahongir bunyod etgan koʻhna Oqsaroyni ziyorat qilish uchun dunyoning bir chetidan kelayotgan sayyohlarni koʻrib, bu yer bizga sajdagoh kabi muqaddas ekaniga amin boʻlamiz.

12:54 24 Fevral 2020
Oʻzbekistonlik ixtirochi yaratgan Ku-Sam qanday oʻynaladi?

Bunga oʻxshagan oʻyin oxirgi 50 yil ichida Yevropa, Osiyo qitʼasi va boshqa yirik davlatlar reyestrida qayd etilmagan va ommaviy axborot vositalarida eʼlon qilinmagan.

12:12 24 Fevral 2020
Toshkentda umumiy qiymati 1,2 mlrd. soʻmlik salkam 148 tonna olmalarning noqonuniy importi fosh qilindi

Yaqinda respublikamizga qoʻshni davlatdan import qilingan salkam 148 tonna olmalarni “Toshkent-tovar” tashqi iqtisodiy faoliyat bojxona postida bojxona koʻrigidan oʻtkazish davomida navbatdagi bojxona qonunchiligi buzilishi holati fosh qilindi. Bu haqda DBQ axborot xizmati xabar berdi.

12:05 24 Fevral 2020
Shartnomaning sharti bor

Qarshi tumanida yashovchi Adham Umarov topgan daromadiga “Cobalt” avtomashinasining 2-pozitsiyasini sotib olmoqchi boʻldi. Albatta, qonuniy yoʻl bilan. Shu bois “Lion Mators” masʼuliyati cheklangan jamiyati bilan oʻtgan yilning 7-sentyabrida shartnoma imzoladi. Jamiyat ijrochilari hujjatga asosan isteʼmolchiga avtomashina narxining 85 foizini oldindan...

12:02 24 Fevral 2020
Adabiyotda — matematika

Kuz kunlarining birida maktabning ilmiy boʻlim mudiri 5-sinflarda adabiyot darsiga oʻqituvchisi maʼlum sababga koʻra kelmaganini aytib hozir boʻsh boʻlsang shu darsni sen oʻtib turgin deb qoldi. Men xoʻp dedim. Sinf xonasiga kirib, oʻquvchilar bilan salomlashib, nimaga adabiyot darsiga men kirganimni...

11:52 24 Fevral 2020
XPKning navbatdagi sessiyasi tashqi siyosatga bagʻishlandi

Ayni daqiqalarda Kongress-xollda Xalqaro press-klubning tashqi siyosatiga bagʻishlangan navbatdagi sessiyasi boʻlib oʻtmoqda.

11:40 24 Fevral 2020
Dollar kursi arzonlashdi

Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki 2020-yil 25-fevraldan boshlab valyuta operatsiyalari boʻyicha buxgalteriya hisobi, statistik va boshqa hisobotlarni yuritish, shuningdek, bojxona va boshqa majburiy toʻlovlari uchun xorijiy valyutalarning soʻmga nisbatan quyidagi qiymatini belgiladi.

11:35 24 Fevral 2020
Xitoyda koronavirusdan kunlik oʻlim holatlari 55 foizga koʻpaygan

Xitoy sogʻliqni saqlash idoralarining oxirgi maʼlumotlariga koʻra, koronavirusni yuqtirish bilan bogʻliq 409 ta yangi holat qayd etilgan, 150 kishi hayotdan koʻz yumgan. Shunday qilib koronavirus infeksiyasini yuqtirganlar soni 77 150 kishiga yetgan, 2592 ta oʻlim holati aniqlangan, deb yozadi South...

11:23 24 Fevral 2020
Deputat: “2 kishilik palatada 6 bemor yotibdi...“

Farzandingiz bemor boʻlib qoldi. Koʻnglingizga chiroq yoqsa yorishmaydi. Nima qilib boʻlsa ham uni davolatishingiz lozim. Zudlik bilan shifoxonaga yotqizish kerak. Tibbiyot muassasasiga olib kelib, koʻrsangizki, bolasi kasal bitta siz emas. Qabul boʻlimida uzun navbat, bolalar shifokori oldiga yaqinlashib boʻlmaydi. Uzoq...

11:12 24 Fevral 2020
Beeline Oʻzbekiston, Qozogʻiston, Rossiya va Qirgʻiziston uchun yagona SIM-karta chiqarmoqchi

Beeline kompaniyasi Oʻzbekiston, Qozogʻiston, Rossiya va Qirgʻiziston uchun yagona SIM-karta chiqarishni rejalashtirmoqda. Bu haqda Beeline Uzbekistan bosh direktori Sergey Afonin maʼlum qildi.

10:57 24 Fevral 2020
Navoiyda mudhish avtohalokat oqibatida ikki navqiron yigit vafot etdi

Dastlabki xulosalarga koʻra YTH “Matiz” avtomashinasi yoʻl harakati qoidalariga amal qilmasligi oqibatida sodir boʻlgan.

10:40 24 Fevral 2020
Imtiyozli orderlarni berishda shaffoflik taʼminlanyaptimi?

Imtiyozli toifaga kiruvchi bemorlarga order berish, ularni shifoxonaga joylashtirish va Davlat byudjeti mablagʻlari hisobiga davolash masalalari bugun har qachongidan dolzarb. Deputatlarning fuqarolar bilan uchrashuvlarida aynan order berish, bu boradagi aholi ehtiyojlarini oʻrganish yuzasidan ayrim eʼtirozlar, muammolar koʻtarilayotgani ushbu holatni chuqur...

10:35 24 Fevral 2020
“Oʻzavtosanoat” – Oʻzbekiston-Ukraina biznes-forumi ishtirokchisi

“Oʻzavtosanoat” AJ rahbariyati 19-21-fevralda Kiyevda oʻtkazilgan Oʻzbekiston-Ukraina biznes-forumida qatnashdi. Bu haqda jamiyat matbuot xizmati xabar berdi.

10:30 24 Fevral 2020
Fotoelektr stansiyalari qurilishi uchun investorlar tanlanadi

Oʻzbekiston Respublikasi Energetika vazirligi Samarqand va Jizzax viloyatlarida ikkita fotoelektr (quyosh) stansiyalari (FES) qurish maqsadida investorlar oʻrtasida tanlov eʼlon qildi.

10:26 24 Fevral 2020
Kontrafakt matbaa mahsulotlarini ishlab chiqarish va sotish — jinoiy javobgarlikka sabab boʻlishi mumkin

Bir necha kun muqaddam ijtimoiy tarmoqlarda sifatsiz va kontrafakt daftar mahsulotlaridagi xatolar aks etgan suratlar tarqalgan edi.

10:22 24 Fevral 2020
SENGA HAVASIM KELADI

Bu oʻsha ayol. Ana, oldidagi ovqatining goʻshtini soʻloqmonday oʻgʻliga ilinib oʻtiribdi. — Ol, oʻgʻlim, salgina semirishing ¬kerak, — deydi u. — Olaqol...

10:15 24 Fevral 2020
Rixiati Salih NAJIB: “Buxoroning 2020-yilda islom madaniyati poytaxti, deb eʼlon qilingani barchamiz uchun muhim voqeadir”

Maʼlumki, dunyodagi sanoqli sharif shaharlardan biri sanalgan Buxoro 2020-yilda “Islom madaniyati poytaxti” deb eʼlon qilingan. Shu munosabat bilan 13 — 17-aprel kunlari yurtimizda xalqaro miqyosda nufuzli anjuman boʻlib oʻtishi kutilmoqda. Unda Islom hamkorlik tashkiloti, YUNESKO mutasaddilari, jahonning taniqli tarixchilari, sharqshunoslari,...

10:10 24 Fevral 2020
Taʼlim krediti kimlarga va qancha muddatga beriladi?

Banklar tomonidan oliy taʼlim muassasalarining kunduzgi boʻlimlariga toʻlov-kontrakt asosida qabul qilingan Oʻzbekiston Respublikasi fuqarosi boʻlgan talabalarning oʻqishi uchun ularning oʻzlariga, ota-onalari yoki vasiylariga taʼlim kreditlari berilishi mumkin.

09:49 24 Fevral 2020