Dollar kursi arzonlashdi

11:35 24 Fevral 2020 Iqtisodiyot
1998 0

Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki 2020-yil 25-fevraldan boshlab valyuta operatsiyalari boʻyicha buxgalteriya hisobi, statistik va boshqa hisobotlarni yuritish, shuningdek, bojxona va boshqa majburiy toʻlovlari uchun xorijiy valyutalarning soʻmga nisbatan quyidagi qiymatini belgiladi.

Unga koʻra, 1 AQSH dollari oʻtgan haftadagi kursga nisbatan 2 soʻm 21 tiyinga arzonlashib, 9526 soʻm 28 tiyinga yetgan.

1 Yevro kursi esa 10 soʻmga oshib, 10 329 soʻm 35 tiyinni tashkil etmoqda.

Bir Rossiya rubli esa 1 soʻm 25 tiyinga arzonlashib, 148 soʻm 82 tiyinga yetgan.

1 Buyuk Britaniya funt sterlingi 76 soʻm 24 tiyinga pasayib, 12 354 soʻm 63 tiyinni tashkil qilmoqda.

Maʼlumot uchun, valyuta qiymatini belgilash chogʻida Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki mazkur valyutalarni ushbu qiymatda sotish yoki sotib olish majburiyatini olmagan.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?