Shartnomaning sharti bor
Qarshi tumanida yashovchi Adham Umarov topgan daromadiga “Cobalt” avtomashinasining 2-pozitsiyasini sotib olmoqchi boʻldi. Albatta, qonuniy yoʻl bilan. Shu bois “Lion Mators” masʼuliyati cheklangan jamiyati bilan oʻtgan yilning 7-sentyabrida shartnoma imzoladi. Jamiyat ijrochilari hujjatga asosan isteʼmolchiga avtomashina narxining 85 foizini oldindan toʻlashi muhim shartlardan ekanligini aylana stol atrofida hijjalab tushuntirdilar. Shundan soʻng MCHJ ga A.Umarov avtomashina uchun beriladigan 84 million 169 ming 910 soʻm mablagʻning 71 million 500 ming soʻmini gap-soʻzzsiz toʻladi. Oilasi hamda yaqinlariga 30-noyabr kuni yangi avtomashinalik boʻlishini ovoza qildi. Chunki ishonch unga kuch berdi.
Aytilgan kun ham keldi. Adhamjonni tanish-bilishlarining koʻpchiligi ertalabdan yangi mashina olganligi bilan qutlab, qaysi choyxonada “yuvilishini” ham soʻray boshladilar. Avtomashinani olib chiqolmaganini aytolmagan doʻst, bugun emas, deb takrorlay boshladi. Chunki avtomashinani aytilgan kunda ololmadi. MCHJ xodimlari asossiz turli vajlarni taxlandi. Ushbu nohaqlik Qarshi shahar isteʼmolchilar huquqlarini himoya qilish jamiyati tomonidan oʻrganib chiqildi.
Fuqaro tomonidan oʻzaro shartnoma shartlari toʻliq bajarilgan. Shunday boʻlsa-da, ustasi faranglar isteʼmolchining ishtirokisiz 7-noyabr kuni yangi shartnoma tuzib, unga koʻra atomashinaning yetkazib berish muddatini 2020-yilning 29-fevraliga belgilanganlar.
Oʻrganishlar yakuniga koʻra Oʻzbekiston Respublikasi “Istemolchilar hhuquqlarini himoya toʻgʻrisida”gi Qonunga asosan fuqaroga avtomashina olib berildi.
X. BEGMATOV,
Qarshi shahar isteʼmolchilar huquqlarini
himoya qilish jamiyati ijro etuvchi
apparati raisi vazifasini bajaruvchi.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- “Oʻtgan bahsda konsentratsiya biroz joyida emas edi. Shu sababli “jinnicha” xatolarga yoʻl qoʻydik” — Fabio Kannavaro
- AQSH mudofaa xarajatlari tufayli NATO boʻyicha ittifoqchilarini himoya qilishdan voz kechishi mumkin
- Ben Kingsli ishtirok etgan Islom sivilizatsiyasi markazi haqidagi film New York Festivals 2026 finaliga yoʻl oldi
- Shavkat Mirziyoyev Saudiya Arabistoni Podshohligi Valiahdi Muhammad bin Salmon Ol Saud bilan telefon orqali muloqot qildi
- Toshkentda qilichbozlikning sablya yoʻnalishi boʻyicha Jahon kubogi bosqichi start oldi
- “Dronlar dueli” yoxud Ukrainadan Erongacha boʻlgan sinov poligonlarida shakllangan yangi dunyo tartibi
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring