All

Moliya vazirligiga qator funksiyalar yuklatildi

“Moliyaviy hisobotning xalqaro standartlariga oʻtish boʻyicha qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida” Prezident qarori (PQ-4611-son, 24.02.2020-y.) qabul qilindi. Bu haqda “Huquqiy axborot” kanali xabar berdi

19:57 25 Fevral 2020
Tashqi ishlar vazirligi fuqarolarimizni koronavirus xavfi yuqoriligi bilan jiddiy ogohlantirdi

Oʻzbekistonning xorijdagi elchixonalari va konsullik muassasalari bergan maʼlumotga koʻra, soʻnggi kunlarda dunyoning qator davlatlarida COVID-19 koronavirusining tarqalishi bilan bogʻliq vaziyatning ogʻirlashgani kuzatilmoqda. 

19:54 25 Fevral 2020
Oʻzbekiston Prezidenti Qozogʻiston Bosh vazirini qabul qildi

Bugun, 25-fevral kuni Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev ikkinchi Oʻzbekiston-Qozogʻiston hududlararo hamkorlik forumi doirasida mamlakatimizga kelgan Qozogʻiston Respublikasi Bosh vaziri Asqar Maminni qabul qildi.

19:48 25 Fevral 2020
Koronavirus tufayli dunyoning eng boy odamlari bir kunda 139 milliard AQSH dollari yoʻqotishdi

Maʼlumot oʻrnida aytib oʻtamiz, 24-fevral kuni AQSHda birjalar savdosi yangi koronavirusning tarqalishi global iqtisodiyotga zarar yetkazishi mumkin, degan hadik tufayli narxlarning pasayishi bilan yakunlandi.

18:17 25 Fevral 2020
Qozogʻistonda chegaradagi qaroqchi jinoiy guruh ushlandi

Qozogʻistonning Sariagʻash shahridagi “Qoplonbek” chegara punktida haydovchilardan tamagirlik yoʻli orqali pul olish bilan shugʻullanib kelgan oʻn uch kishi qoʻlga olindi. Bu haqda Sputnik manbasi xabar berdi.

18:02 25 Fevral 2020
Bugundan “Samarqand – Toshkent – Sankt-Peterburg” yoʻnalishida muntazam avtobus qatnovi boshlandi

Bugun, 25-fevral sanasidan eʼtiboran “Samarqand – Toshkent – Sank-Peterburg” yoʻnalishida muntazam avtobus qatnovi oʻz faoliyatini boshladi. Bu haqda Transport vazirligi xabar berdi.

17:56 25 Fevral 2020
Eron sogʻliqni saqlash vazirining oʻrinbosari koronavirusni yuqtirib olgani maʼlum boʻldi

Eronlik jurnalist Abbos Aslaniy Tvitterdagi sahifasida mamlakat sogʻliqni saqlash vaziri oʻrinbosari Iraj Xaririchiy Covid-19 oʻtkir infeksiyali koronavirusni yuqtirib olgani haqida maʼlum qildi. Bu haqda Interfax xabar berdi.

17:48 25 Fevral 2020
Tibbiy yordam sifati va koʻlamini oshirish boʻyicha topshiriqlar berildi

Shavkat Mirziyoyev 25-fevral kuni sogʻliqni saqlash tizimini rivojlantirish, tibbiy xizmat sifatini oshirish boʻyicha galdagi muhim vazifalar muhokamasiga bagʻishlangan yigʻilish oʻtkazdi.

16:50 25 Fevral 2020
Energiya taʼminotidagi antiqa qingʻirliklar isteʼmolchiga yetkazib berilayotgan energiya miqdorida tafovutlarni yuzaga keltirmoqda

Energiya resurslaridan toʻgʻri, tejamkor foydalanishda koʻp hollarda isteʼmolchilarda toʻlov madaniyati yetishmasligi, oʻgʻrilik, turli qingʻir ishlar toʻsiq boʻlmoqda. Shu kabi illatlar tufayli taʼminotchi korxonalar tomonidan ishlab chiqarilayotgani bilan isteʼmolchiga yetkazib berilayotgan energiya miqdorida tafovutlar yuzaga kelmoqda. Bu esa debitor qarzdorlikni sunʼiy...

16:34 25 Fevral 2020
“Togʻ qoʻriqchisi” qishki oʻquv kursida harbiylar murakkab mashqlarni bajarishdi

Yurtimiz hududining 30 foizini togʻlar va togʻ oldi kengliklari tashkil etadi. Togʻli sharoitlarda olib boriladigan har qanday jangovar harakatlarning muvaffaqiyati koʻproq shaxsiy tarkibning jismoniy va ruhiy holatiga, qolaversa, ularda tabiiy qiyinchiliklarni yengib oʻtish, yuksak kasbiy tayyorgarlik hamda ekstremal sharoitlarni toʻgʻri...

16:24 25 Fevral 2020
Hechdan koʻra kech. Federatsiya yordami bilan fuqaroga “Jentra” yetkazib berildi

Oʻzbekiston isteʼmolchilar huquqlarini himoya qilish jamiyatlari federatsiyasi Qarshi shahar ijro etuvchi apparati xodimlari tomonidan Chiroqchi tumanida yashovchi fuqaro Xudoyberdi Mustafoyevning murojaati koʻrib chiqildi.

16:18 25 Fevral 2020
5 ta hududda IIV huquqbuzarliklar profilaktikasi boshliqlari almashdi

Qayd etilishicha, podpolkovnik Turdibayev Omirbay Keulimjayevich – Qoraqalpogʻiston Respublikasi Ichki ishlar vazirining oʻrinbosari — huquqbuzarliklar profilaktikasi boshqarmasi boshligʻi lavozimiga tayinlandi.

16:11 25 Fevral 2020
Husni Muborak 92 yoshida vafot etdi

Миср Араб республикаси собиқ президенти Ҳусни Муборак 92 ёшида вафот этди.

16:01 25 Fevral 2020
Sobiq bosh prokuror Otabek Murodovga va DXX sobiq raisi Ixtiyor Abdullayevga hukm oʻqildi

Sud jinoyat ishi materiallarini har tomonlama va toʻliq oʻrganib, sudlanuvchi O. Murodovni bir qator jinoyatlarni sodir etganlikda aybli deb topdi.

15:48 25 Fevral 2020
Uchtepada avtobus tormoz qismidagi nosozlik qisqa tutashuvga sabab boʻldi

Joriy yilning 25-fevral kuni soat 13:30 atrofida poytaxtning Uchtepa tumani Katta xirmontepa koʻchasidagi “Sverdlovsk uylari” bekatida 4-avtosaroy tasarrufidagi 8-yoʻnalishda qatnovchi N.Roʻziboyev boshqaruvida boʻlgan “Mersedes Bens” rusumli avtobusning motor qismida tutash kuzatildi.

14:45 25 Fevral 2020
Xalqaro dzyudo federatsiyasi yangilangan Olimpiada reytingini eʼlon qildi

Dyusseldorf shahrida boʻlib oʻtgan Katta dubulgʻa turniridan soʻng Xalqaro dzyudo federatsiyasi yangilangan Olimpiada reytingini eʼlon qildi. Shubhasiz, Germaniyada muvaffaqiyat qozongan polvonlarimiz Davlat Bobonov hamda Muhammadkarim Xurramov yangi reytingda sezilarli koʻtarilishga erishdilar, deb yozadi MOQ matbuot xizmati.

14:41 25 Fevral 2020
Vyetnamda koronavirus bilan kasallangan hamma bemorlar tuzaldi

Tasdiqlangan maʼlumotlarga koʻra Xitoyda ushbu virusni yuqtirganlar soni 77 268 nafarga kishiga yetgan. Mazkur kasallik tufayli 2663 kishi hayotdan koʻz yumgan. 27 471 kishi tuzalgan.

14:14 25 Fevral 2020
Buyuk Britaniyaning nufuzli OAV vakillari uchun press-tur tashkil qilindi 

15-21-fevral kunlari Oʻzbekiston Respublikasi Turizmni rivojlantirish davlat qoʻmitasi tomonidan Buyuk Britaniyaning oʻnta nufuzli OAV vakillari uchun press-tur oʻtkazildi.

14:11 25 Fevral 2020
“Banklararo intellektual liga” oʻyinlariga start berildi. Dastlabki gʻolib ham maʼlum

2020-yil 22-fevral kuni Toshkent shahrida Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki tashabbusi bilan birinchi marta “Banklararo intellektual liga” oʻyinlarining dastlabki turi oʻtkazildi. Unda 19 ta tijorat bankidan 150 nafardan ortiq bank mutaxassislari ishtirok etdi.

14:04 25 Fevral 2020
Tibbiyot tizimiga yopishgan zarpechak. Uning ildizi qachon quritiladi?

Vaqt — oliy hakam. Tibbiyotda korrupsiyaning ildizini batamom quritishda esa fursatni boy bermaslik zаrur.

10:37 25 Fevral 2020