Xalqaro dzyudo federatsiyasi yangilangan Olimpiada reytingini eʼlon qildi

14:41 25 Fevral 2020 Sport
1435 0

Dyusseldorf shahrida boʻlib oʻtgan Katta dubulgʻa turniridan soʻng Xalqaro dzyudo federatsiyasi yangilangan Olimpiada reytingini eʼlon qildi. Shubhasiz, Germaniyada muvaffaqiyat qozongan polvonlarimiz Davlat Bobonov hamda Muhammadkarim Xurramov yangi reytingda sezilarli koʻtarilishga erishdilar, deb yozadi MOQ matbuot xizmati.
Quyida mazkur roʻyxat bilan batafsil tanishishingiz mumkin:

-60 kg:

1. Ryuju Nagayama (Yaponiya) – 6350 ochko

4(3). Sharofiddin Lutfillayev (Oʻzbekiston) – 4927 (yoʻllanma zonasida)

22(22). Diyorbek Oʻrozboyev – 1948 ochko (yoʻllanma zonasida)

40(40). Kemran Nurillayev – 1077 ochko (yoʻllanma zonasida emas)

-66 kg:

1. Manuel Lombardo (Italiya) – 5392 ochko

23(22). Sardor Nurullayev – 2080 ochko (yoʻllanma zonasida)

29(27). Shahram Ahadov – 1561 ochko (yoʻllanma zonasida)

-73 kg:

1. Soichi Xashimoto (Yaponiya) – 6379 ochko

9(7 ). Hikmatilloh Toʻrayev – 3364 ochko (yoʻllanma zonasida)

-81 kg:

1. Mattias Kasse (Belgiya) – 6334 ochko

14(12). Sharofiddin Boltaboyev – 2953 (yoʻllanma zonasida)

20(19 ). Kamoliddin Rasulov – 2244 (yoʻllanma zonasida)

-90 kg:

1. Nikoloz Sherazadashvili (Ispaniya) – 7851 ochko

17(28). Davlat Bobonov – 2589 ochko (yoʻllanma zonasida)

-100 kg:

1. Guxam Cho (J.Koreya) – 5220 ochko

15(21). Muhammadkarim Xurramov – 2961 (yoʻllanma zonasida)

+100 kg:

1. Lukash Krpalek (Chexiya) – 6171 ochko

13(13). Bekmurod Oltiboyev – 2962 ochko (yoʻllanma zonasida)

31(31). Alisher Yusupov – 1428 ochko (yoʻllanma zonasida emas)

Ayollar:

-52 kg:

1. Yuta Abe (Yaponiya) – 6250 ochko

22(21). Diyora Keldiyorova – 2203 ochko (yoʻllanma zonasida)

-70 kg:

1. Maria Eve Gaxe (Fransiya) – 5510 ochko

26(25). Gulnoza Matniyazova – 2032 ochko (qitʼaviy kvota)

"Eslatma!

– Yuqorida faqat Olimpiada reytingi keltirib oʻtilgan, jahon reytingi emas.

– Reytingda yetakchi va unga eng yaqin vakillarimiz koʻrsatilgan.

– Bir vaznda 2 yoki undan ortiq dzyudochi yoʻllanma zonasida boʻlsa, qaysi sportchi Olimpiadaga borishini MOQ va federatsiya tanlaydi.

– Olimpiada reytingini yigʻish 2020-yilning 30-may sanasida yakunlanadi" deyiladi xabarda.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?