All

Youtubedagi 8 yoshli bolaning video murojaati Senat qoʻmitasi tomonidan oʻrganildi

Senatning Yoshlar, madaniyat va sport masalalari qoʻmitasi tomonidan 2020-yil 23-fevral kuni 8 yoshli Sultonov Muhammadalining youtube tarmogʻi orqali yoʻllagan video murojaati joyning oʻziga borib oʻrganildi.

15:23 03 Mart 2020
Tadbirkorlarga virtual kassadan foydalanish koʻrgazma tarzida namoyish etildi

Jizzax viloyati soliq boshqarmasida “Elektron hisobvaraq orqali hujjat aylanish tizimi va onlayn NKM dan foydalanish” mavzusida tadbirkor va ishbilarmonlarga oʻquv amaliy seminar boʻlib oʻtdi.

15:09 03 Mart 2020
Gaаga konferensiyasi Ustavi Oʻzbekistonga qanday imkoniyatlar yaratadi?

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti “Xalqaro xususiy huquq boʻyicha Gaaga konferensiyasi Ustavini (Gaaga, 1951-yil 31-oktyabr) ratifikatsiya qilish haqida”gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonunini imzoladi. Mazkur Qonun Oliy Majlis Senatining ikkinchi yalpi majlisida senatorlar tomonidan maʼqullangan edi.

14:34 03 Mart 2020
Yangi qonun mohiyati nimada? Yoxud jamiyatda aholi osoyishtaligi va qonun ustuvorligini taʼminlashda mahallaning roli katta

Oliy Majlis Senatining ikkinchi yalpi majlisida “Mahalla tizimi xodimlari kunini belgilash toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonuni maʼqullangan edi. Davlatimiz rahbari joriy yil 3-mart kuni mazkur Qonunni imzoladi.

14:33 03 Mart 2020
Samarqandda nufuzli xalqaro anjuman boʻlib oʻtmoqda

Samarqand shahridagi Forumlar saroyida “Imom Abu Mansur Moturidiy va moturidiya taʼlimoti: oʻtmish va bugun” mavzusida xalqaro konferensiya boʻlib oʻtmoqda.

14:07 03 Mart 2020
Tabiiy gazdan oʻzboshimchalik va noqonuniy foydalanish holati ortidan “Muborak neft va gaz qazib chiqarish boshqarmasi” rahbari oʻrinbosari-bosh muhandis egallab turgan vazifasidan ozod etildi

Xabaringiz bor, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev raisligida joriy yilning 6-fevral kuni neft-gaz sanoatidagi ishlar natijadorligi, tabiiy gaz va suyuq uglevodorodlar qazib olish hajmini oshirish boʻyicha joriy yilgi vazifalar muhokamasiga bagʻishlangan yigʻilish oʻtkazilgan edi.

14:03 03 Mart 2020
“Nazoratdagi 25 431 nafar shaxs muddatidan ilgari ozod etildi” — IIV

Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligining anjumanlar zalida “Probatsiya xizmati faoliyatining bir yillik natijalari” mavzusida matbuot anjumani boʻlib oʻtdi.

14:01 03 Mart 2020
Ijtimoiy tarmoqlarda tarqalgan koronavirus infeksiyasining yurtimizga kirib kelganligi haqidagi xabarlar yolgʻon — SSV

Ijtimoiy tarmoqlarda koronavirus infeksiyasi mamlakatimizga kerib kelganligi haqidagi, asoslanmagan xabarlar tarqalmoqda. Ushbu xabarlar mutlaqo yolgʻon boʻlib, ayni paytga qadar yurtimizda koronavirus kasalligi umuman qayd etilmadi.

13:51 03 Mart 2020
Zoyir Mirzayev: "Mirishkorning zoʻravon hokimi oʻz hatti-harakati bilan viloyat nomiga dogʻ tushirdi"

“Ish faoliyatimizning koʻp qismi hokimlar va rahbarlarni tartibga chaqirish bilan oʻtib ketyapti. Mirishkorning zoʻravon hokimi oʻz hatti-harakati bilan viloyat nomiga dogʻ tushirdi. Biror bir hokimdan yaxshi tashabbus koʻrmaymiz, odamlarni turmush-tarzini yaxshilash maqsadida ular taklif ham bermaydi. Afsuski, zamon oʻzgarayotganini siz...

13:48 03 Mart 2020
Prezident maslahatchisi: “Mahalliy hokimlar oyda bir marta olimlar va professor-oʻqituvchilar bilan uchrashishi kerak”

Joriy yilning 2-mart kuni Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti maslahatchisi A.Abduvaxidov raisligida Oliy va oʻrta maxsus taʼlim, Xalq taʼlimi vazirliklari, Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Taʼlim sifatini nazorat qilish davlat inspeksiyasi, viloyatlar hokimlarining oʻrinbosarlari, viloyatlar va tumanlarning taʼlim masalalari boʻyicha masʼul rahbarlari, oliy taʼlim...

13:43 03 Mart 2020
“Oʻzbekneftgaz”: “Joriy yilning may oyida kunlik 2 million metr kub gaz qazib chiqaradigan zavod ishga tushadi”

“Oʻzbekneftgaz” aksiyadorlik jamiyati Boshqaruv raisi Mehriddin Abdullayev Buxorodagi “Gazli” neft va gaz qazib chiqarish korxonasi va qurilishi davom etayotgan obeʼktlardagi hozirgi holatni oʻrgandi.

13:37 03 Mart 2020
Lex.uz — ishonchli rasmiy manba

Maʼlumki, Prezidentimizning 2017-yil 8-fevraldagi qarori bilan Oʻzbekiston Respublikasi Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi(www.lex.uz)ga normativ-huquqiy hujjatlar eʼlon qilinadigan rasmiy manba maqomi berildi. Adliya vazirligining “Adolat” huquqiy axborot markaziga esa qonun hujjatlarining Milliy bazada rasmiy nashr etilishini taʼminlash masʼuliyati yuklatildi.

13:34 03 Mart 2020
Qashqadaryodan soʻng Andijonda ham uchta tuman kadastr boʻlimi rahbarlari ishdan olindi

Yaqinda Davergeodezkadastr qoʻmitasi raisi Abdushukur Abdullayev Qashqadaryo viloyatida oʻtkazgan yigʻilishida 10 nafar rahbar va xodimlarni egallab turgan vazifasidan ozod etgan edi.

13:19 03 Mart 2020
Urush oʻchoqlaridan olib kelinganlarni jamiyatga moslashtirishda Oʻzbekiston tajribasi oʻrganilmoqda

Ayni paytda poytaxtimizdagi “Hilton” mehmonxonasida Fuqarolik jamiyatini rivojlantirish markazi hamda respublika davlat idoralari bilan hamkorlikda “Suriya va Iroqdan qaytarib olib kelinganlarni reabilitatsiya va reintegratsiya qilish boʻyicha Markaziy Osiyo muloqoti: Oʻzbekiston tajribasi” mavzusida xalqaro ilmiy-amaliy konferensiya boʻlib oʻtmoqda.

12:09 03 Mart 2020
20 yil davomida tashlandiq ahvolga kelgan goʻsha xorijiy investor bilan hamkorlik natijasida tamoman yangi qiyofa kasb etdi

Mamlakatimiz, jumladan, Buxoroga kelayotgan sayyohlar soni yildan-yilga koʻpaymoqda.Ulkan salohiyatga ega bu koʻhna zamin turizm chorrahasiga aylanib borayapti.Birgina 2019-yilda viloyatga tashrif buyurgan sayyohlar soni 3,6 million nafarni tashkil etdi.Xorijiy turistlar soni 600 ming nafardan ortdi.Bu avvalgi yillardagiga nisbatan 2,5-3 baravarga koʻp.

12:00 03 Mart 2020
Prokuratura organlari tomonidan Mirishkor tumani hokimi bilan bogʻliq holatlar oʻrganilmoqda

Qashqadaryo viloyati prokuraturasi organlari tomonidan Internet nashrlarida va ijtimoiy tarmoqlarda 2020-yil 2-mart kuni Mirishkor tumani hokimi B.Radjabovga mansubligi taʼkidlanib tarqatilgan audioyozuvlarning haqqoniyligi, qachon, qayerda va qanday holatlarda yuz berganligi hamda boshqa holatlar oʻrganilmoqda. Bu haqda Oʻzbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasi jamoatchilik...

11:58 03 Mart 2020
Neft bazalari 24 milliard soʻmlik zarar keltirgani aniqlandi

“Oʻzneftgazinspeksiya tomonidan oʻtkazilgan profilaktika tadbirlar natijasida joriy yilning yanvar oyida neft mahsulotlarini realizatsiya qilishda mintaqaviy neft bazalari tomonidan bir qator qoidabuzarliklar aniqlandi. Keltirilgan zararning umumiy qiymati 24 mlrd. soʻmni tashkil etdi. Bu haqda Inspeksiya axborot xizmati xabar berdi.

11:39 03 Mart 2020
Talabalarga kontrakt pulini 4 ga boʻlib toʻlash imkoni berilmoqda!

Davlatimiz rahbarining“2017-2021-yillarda Oʻzbekiston Respublikasini rivojlantirishning beshta ustuvor yoʻnalishi boʻyicha Harakatlar strategiyasini “Ilm, maʼrifat va raqamli iqtisodiyotni rivojlantirish yili”da amalga oshirishga oid davlat dasturi toʻgʻrisida“ Farmonga muvofiq:

11:35 03 Mart 2020
Shayx Ahmad Tayyib Samarqand shahrining faxriy fuqarosi boʻldi

Samarqandda oʻtkazilayotgan “Imom Abu Mansur Moturidiy va moturidiya taʼlimoti: oʻtmish va bugun” mavzusidagi xalqaro konferensiyada Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev tashabbusi bilan “Al-Azhar” majmuasi rahbari, Misr Bosh imomi Shayx Ahmad Tayyibga Samarqand shahrining faxriy fuqarosi unvoni berildi, deya xabar bermoqda...

11:32 03 Mart 2020
Bogʻcha mudirasi pora olayotganda ushlandi

DXX va Departamentning Buxoro viloyat boshqarmalari xodimlari tomonidan hamkorlikda oʻtkazilgan tezkor tadbir davomida, 2020-yil 27-fevral kuni soat 15:20larda Buxoro shahrida joylashgan maktabgacha taʼlim muassasasi mudirasi, Buxoro shahrida yashovchi 34 yoshli R.F muassasa oshpazi F.E.ning jiyani D.M.ni tarbiyachi vazifasiga ishga qabul...

11:22 03 Mart 2020