Lex.uz — ishonchli rasmiy manba

13:34 03 Mart 2020 Jamiyat
3595 0

Illyustrativ foto

Maʼlumki, Prezidentimizning 2017-yil 8-fevraldagi qarori bilan Oʻzbekiston Respublikasi Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi(www.lex.uz)ga normativ-huquqiy hujjatlar eʼlon qilinadigan rasmiy manba maqomi berildi. Adliya vazirligining “Adolat” huquqiy axborot markaziga esa qonun hujjatlarining Milliy bazada rasmiy nashr etilishini taʼminlash masʼuliyati yuklatildi.

Shu asosda normativ-huquqiy hujjatlar matnlarini Milliy baza — lex.uz saytida joylashtirish boʻyicha salmoqli ishlar va chora-tadbirlar amalga oshirilib, mazkur saytdan jismoniy va yuridik shaxslar rasmiy manba sifatida foydalanib kelinmoqda.

Binobarin, ushbu manba nafaqat fuqarolarimiz va xorijlik investorlarni yurtimizda amalga oshirilayotgan huquqiy yangiliklar, qabul qilinayotgan qonunlar haqida oʻz vaqtida va sifatli boxabar etib kelyapti, balki jamiyatda huquqiy tafakkurni yuksaltirishga ham munosib hissa qoʻshmoqda.

Nega? Quyidagi infografikada ushbu savolga batafsil javob olishingiz mumkin.

 

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?