All

Toshkentda pirotexnika vositalarining muomalaga kiritilishining oldi olindi

Mazkur holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 250-1-moddasi (pirotexnika buyumlarining qonunga xilof muomalasi) bilan jinoyat ishi qoʻzgʻatilib, tergov harakatlari oʻtkazilmoqda.

12:42 09 Dekabr 2022
Surxondaryoda narxni asossiz oshirgan AYQSHga benzin yetkazib berish toʻxtatildi

Qayd etilishicha, holat oʻrganilganda, Termiz shahridagi “DON” xususiy firmasiga tegishli AYQSH haqiqatan ham narxni asossiz oshirgani tasdiqlangan.

12:41 09 Dekabr 2022
Mudofaa vazirligiga 11 oy davomida 4008 ta murojaat kelib tushgan. Ulardan 1803 tasi ijobiy hal etilgan

AOKAda oʻtkazilgan brifingda Mudofaa vazirligi axborot xizmati rahbari Otabek Yoʻldoshev jismoniy va yuridik shaxslardan kelgan murojaatlar tahlili boʻyicha maʼlumot berdi.

12:34 09 Dekabr 2022
Telegram messenjerida virus aniqlandi

Ushbu virus aniq bir telegram foydalanuvchisining qurilmasidagi maʼlumotlarini qoʻlga kiritish uchun yoʻnaltiriluvchi “josus havoladir”.

12:30 09 Dekabr 2022
Reklamalarda dori vositalari “NOYOB, ENG SAMARALI, ENG XAVFSIZ” deb taqdim etish taqiqlanadi

Shuningdek, 50 dan ortiq totalizator va bukmekerlik reklamasini noqonuniy ravishda yurituvchi saytlarga kirish mutasaddi idoralar orqali cheklab qoʻyildi.

12:20 09 Dekabr 2022
Muftiy Nuriddin Xoliqnazarov gaz va elektr energiyasini isrof qilmaslikka chaqirdi

Muftiyning aytishicha, hukumat bu borada ahvolni yaxshilashga harakat qilmoqda, shu oʻrinda fuqarolar ham neʼmatlarni isrof qilmasligi kerak.

12:15 09 Dekabr 2022
Tashqi mehnat migratsiyasi agentligi Rossiyada vaqtincha mehnat faoliyatini amalga oshirayotgan Oʻzbekiston fuqarolarini ogohlikka chaqirdi

Ijtimoiy tarmoqlarda Moskva jamoat transportida Rossiya Qurolli kuchlarida xizmat qilishga chaqiruvchi oʻzbek tilida berilgan eʼlon surati tarqalmoqda.

12:05 09 Dekabr 2022
Ismatulla Irgashev AQSHning Favqulodda va muxtor elchisi Jonatan Devid Xenik bilan uchrashdi

Uchrashuv davomida tomonlar Afgʻonistondagi mavjud vaziyatni, Afgʻoniston yoʻnalishida Oʻzbekiston-Amerika muloqotini rivojlantirish istiqbollarini muhokama qildilar.

11:47 09 Dekabr 2022
Aholi oʻziga tegishli boʻlgan davlat roʻyxatidan oʻtgan yerlarni xususiylashtirish toʻlovi qisqardi

Bu haqda AOKAda boʻlib oʻtgan brifingda Kadastr agentligi axborot xizmati rahbari Neʼmat Atamuratov maʼlum qildi.

11:42 09 Dekabr 2022
Andijonda kredit mablagʻi evaziga xarid qilingan dastgohlarni sotib yuborgan MCHJ rahbari aniqlandi

Mazkur holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 167-moddasi (oʻzlashtirish yoki rastrata yoʻli bilan talon-toroj qilish) bilan bilan jinoyat ishi qoʻzgʻatilib, tergov harakatlari oʻtkazilmoqda.

11:04 09 Dekabr 2022
10 oyda 541 ta yuk avtomobillari eksport qilingan

Davlat statistika qoʻmitasi maʼlumotlariga koʻra, 2022-yilning yanvar-oktyabr oylarida Oʻzbekiston 8 ta xorijiy davlatlarga qiymati 13,5 mln. AQSH dollariga teng boʻlgan 541 ta yuk avtomobillarini eksport qilgan.

10:58 09 Dekabr 2022
Limon narxlari bir oyda oʻrtacha 18,8 % ga arzonlashgan

Davlat statistika qoʻmitasi maʼlumotlariga koʻra, 2022-yilning noyabr oyida limon narxlari oktyabr oyiga nisbatan yaʼni bir oyda oʻrtacha 18,8 % ga arzonlashgan.

10:54 09 Dekabr 2022
Tadbirkorlarga fiskal cheklardagi xatolarni tuzatish imkoniyati berilgan

Soliq toʻlovchilardan kelib tushayotgan murojaatlarni inobatga olgan holda, “Soliqchi-koʻmakchi” tamoyili asosida, 21-noyabrdan boshlab 20 kun davomida 2022-yil 1-yanvardan (1-yanvar ham kiradi) xato chop etilgan onlayn-NKT cheklarini tahrirlashga imkoniyat berildi.

10:48 09 Dekabr 2022
Dunyoda koronavirusga chalinish koʻrsatkichlari 3 foiz, oʻlim holatlari esa 17 foizga kamaydi — JSST

Jahon sogʻliqni saqlash tashkilotining navbatdagi hisobotiga koʻra, oʻtgan haftada dunyo boʻyicha 2,9 millionga yaqin kishida COVID-19 infeksiyasi aniqlandi.

10:22 09 Dekabr 2022
Noqulay ob-havo sharoiti tufayli Minsk va Bokudan uchgan samolyotlar Samarqanddagi muqobil aerodromga yoʻnaltirildi

Bu qaror 20:27 va 20:37 da samolyot komandirlari tomonidan qabul qilindi. Soat 20:32 da Sankt-Peterburgdan uchgan HY-634 reysi Toshkent aeroportiga kelib qoʻndi.

10:16 09 Dekabr 2022
Ogʻir atletika: Jahon chempionatida sportchilarimiz medallar uchun kurash olib boradi

Ogʻir atletika boʻyicha Kolumbiyada oʻtayotgan jahon chempionatida bugun Oʻzbekiston terma jamoasining ikki nafar vakili medallar uchun kurash olib boradi.

10:07 09 Dekabr 2022
9-dekabr — Xalqaro korrupsiyaga qarshi kurashish kuni

2003-yil 9-dekabr kuni Merida shahri (Meksika)da Birlashgan Millatlar Tashkiloti tashabbusi bilan Korrupsiyaga qarshi kurash boʻyicha xalqaro konvensiya imzolangan.

10:02 09 Dekabr 2022
Kecha yurtimizda koronavirus aniqlangan bemorlar soni 120 nafardan oshdi

2022-yil 8-dekabr holatiga koʻra, Oʻzbekistonda koronavirus infeksiyasi qayd etilganlar soni 122 nafarni tashkil etmoqda.

09:49 09 Dekabr 2022
Oʻzbekiston qiymati 7,3 mln. AQSH dollarlik olma eksport qilgan

Davlat statistika qoʻmitasi maʼlumotlariga koʻra, 2022-yilning yanvar-oktyabr oylarida Oʻzbekiston 7 ta davlatga qiymati 7,3 mln. AQSH dollariga teng boʻlgan 18,5 ming tonna olma eksport qilgan.

09:45 09 Dekabr 2022
Oʻzbekistonning ayrim hududlarida 9-dekabr kuni vaqti-vaqti bilan qor yogʻadi

“Oʻzgidromet” Oʻzbekiston boʻylab 9-dekabr kuni kuzatiladigan ob-havo maʼlumotini eʼlon qildi.

22:58 08 Dekabr 2022