Muftiy Nuriddin Xoliqnazarov gaz va elektr energiyasini isrof qilmaslikka chaqirdi

Foto: Arxiv surat
“Yurtimizga sovuq kunlar kelib, energiya yetmagani uchun oʻchirish holatlari bor. Koʻp joylarda elektr energiyasi yetmayapti. Ammo poytaxtimizda elektr yonib turibdi, gaz bor. Lekin kerak boʻlmasa ham hamma xonadonni yoritib qoʻyib, zaruratsiz hollarda ham barcha xonalar isitib qoʻyilayotgan bir paytda qaysidir bir chekka qishloqda yurtdoshlarimiz borligini unutmaylik. Ehtimol, men isrof qilmasam ularga ham energiya yetib borar, degan taqvo bilan tursak, bu Allohning neʼmatiga shukronalik boʻlardi”, — deydi Musulmonlar idorasi raisi Nuriddin Xoliqnazarov oʻz murojaatida.
Muftiyning aytishicha, hukumat bu borada ahvolni yaxshilashga harakat qilmoqda, shu oʻrinda fuqarolar ham neʼmatlarni isrof qilmasligi kerak.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- 2023-yildan avtomobil narxi pasaydi — UzAuto Motors
- Yevropa Ittifoqi Ukrainaga 18 milliard yevro miqdoridagi yangi yordam paketi ajratdi
- Buyuk Britaniya bosh vaziri jarimaga tortildi
- Namanganda ketma-ket harakatlanib kelayotgan uchta yuk avtomobili oʻzaro toʻqnashib, yonib ketdi
- Oʻzbekiston Prezidenti Li Kuan Yu nomidagi maktabga tashrif buyurdi va Singapurning ishbilarmon doiralari bilan uchrashuv oʻtkazdi
- NATO Ukraina masalasida Rossiya bilan muzokara qilishning yagona yoʻlini maʼlum qildi
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring