Tashqi mehnat migratsiyasi agentligi Rossiyada vaqtincha mehnat faoliyatini amalga oshirayotgan Oʻzbekiston fuqarolarini ogohlikka chaqirdi
Ushbu chaqiruv Moskva shahrida harakatlanuvchi 420-avtobusdagi monitorda namoyish qilingan.
Ijtimoiy tarmoqlarda Moskva jamoat transportida Rossiya Qurolli kuchlarida xizmat qilishga chaqiruvchi oʻzbek tilida berilgan eʼlon surati tarqalmoqda.
Tashqi mehnat migratsiyasi agentligi Rossiyada vaqtincha mehnat faoliyatini amalga oshirayotgan Oʻzbekiston fuqarolarini ogohlikka chaqirdi.
“Rossiya Federatsiyasi hududida vaqtincha mehnat faoliyatini amalga oshirayotgan Oʻzbekiston fuqarolaridan Rossiya va Ukraina oʻrtasidagi ziddiyatli hududlarga jalb qilish haqidagi daʼvatlarga ergashmaslikni, ziddiyatli hududlarga bormaslikni va harbiy harakatlarda ishtirok etmaslikni soʻraymiz”, deyiladi agentlik xabarida.
Eslatib oʻtamiz, Oʻzbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 154-1-moddasida chet davlatlarning harbiy xizmatiga, xavfsizlik, politsiya, harbiy adliya organlari yoki shunga oʻxshash boshqa organlariga xizmatga yollanish uch yildan besh yilgacha ozodlikni cheklash yoxud uch yildan besh yilgacha ozodlikdan mahrum qilish bilan jazolanishi koʻzda tutilgan.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- “Matonatli Maryam” filmi keng jamoatchilikka taqdim etildi
- FIDE jahon kubogi chempioni Javohir Sindarovni kutib olish marosimi boʻlib oʻtdi (+fotoreportaj)
- Oʻzbekistonda xotin-qizlarga nisbatan raqamli zoʻravonlikka barham berish boʻyicha 16 kunlik kampaniya boshlandi
- “Barselona” La Ligada navbatdagi gʻalabasini qoʻlga kiritdi
- Bugun 2026-yilgi Jahon chempionatiga qurʼa tashlanadi
- Prezident poytaxtda transport tizimini yangilashga doir muhim qarorni imzoladi
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring