Dunyoda koronavirusga chalinish koʻrsatkichlari 3 foiz, oʻlim holatlari esa 17 foizga kamaydi — JSST

Foto: Illustrativ foto
Jahon sogʻliqni saqlash tashkilotining navbatdagi hisobotiga koʻra, oʻtgan haftada dunyo boʻyicha 2,9 millionga yaqin kishida COVID-19 infeksiyasi aniqlandi. Ulardan qariyb 7,8 ming nafari xastalik oqibatida hayotdan koʻz yumdi.
Bu 28-noyabr — 4-dekabr sanalarida kasallanishlar soni undan avvalgi haftaga nisbatan 3 foiz, oʻlim holatlari esa 17 foizga kamayganini tasdiqlaydi.
Infeksiyani yuqtirish bilan bogʻliq eng keskin pasayish dinamikasi Afrika mintaqasida qayd etildi — 78 foiz! Janubi-Sharqiy Osiyoda bu statistika 27 foizni tashkil etdi. Amerika mintaqasida esa aksincha oʻsish kuzatildi (+14 foiz).
Oʻlim koʻrsatkichlari ham Janubi-Sharqiy Osiyo mamlakatlaridan (+3 foiz) tashqari, qolgan mintaqalarda pasaydi. Jumladan, bu borada Afrika (-83 foiz) va Sharqiy Oʻrta yer dengizi mintaqasi mamlakatlari (-33 foiz) yetakchilik qildi.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- 2023-yildan avtomobil narxi pasaydi — UzAuto Motors
- Yevropa Ittifoqi Ukrainaga 18 milliard yevro miqdoridagi yangi yordam paketi ajratdi
- Buyuk Britaniya bosh vaziri jarimaga tortildi
- Namanganda ketma-ket harakatlanib kelayotgan uchta yuk avtomobili oʻzaro toʻqnashib, yonib ketdi
- Oʻzbekiston Prezidenti Li Kuan Yu nomidagi maktabga tashrif buyurdi va Singapurning ishbilarmon doiralari bilan uchrashuv oʻtkazdi
- NATO Ukraina masalasida Rossiya bilan muzokara qilishning yagona yoʻlini maʼlum qildi
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring