Oʻzbekiston qiymati 7,3 mln. AQSH dollarlik olma eksport qilgan

09:45 09 Dekabr 2022 Iqtisodiyot
541 0

Foto: Illustrativ surat

Davlat statistika qoʻmitasi maʼlumotlariga koʻra, 2022-yilning yanvar-oktyabr oylarida Oʻzbekiston 7 ta davlatga qiymati 7,3 mln. AQSH dollariga teng boʻlgan 18,5 ming tonna olma eksport qilgan.

Olma eksporti 2021-yilning mos davri bilan solishtirilganda 9,4 ming tonnaga oshgan.

2022-yilning 10 oyida Oʻzbekiston eng koʻp olma eksport qilgan davlatlar:

Qozogʻiston – 12,6 ming tonna

Rossiya – 4,2 ming tonna

Qirgʻiz R. – 1,5 ming tonna

Turkmaniston – 163 tonna

2022-yilning 10 oyida xorijga eng koʻp olma eksport qilgan hududlar:

— Fargʻona viloyati – 5 ming tonna;

— Xorazm viloyati – 4,5 ming tonna;

— Toshkent viloyati – 1,8 ming tonna.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?

Ko‘p o‘qilganlar

Yangiliklar taqvimi

Кластер