Byudjet mablag‘laridan samarali foydalanishda shaffoflikni ta’minlash uchun vazirlikda “Situatsion markaz” tashkil etildi

19:06 11 Mart 2025 Jamiyat
305 0

Bugun Maktabgacha va maktab ta’limi vaziri Hilola Umarova boshchiligida navbatdagi “Vazir soati” bo‘lib o‘tdi.

Vazir Hilola Umarova ayni vaqtda hamkor tashkilotlar bilan birga davlat byudjetidan samarali va maqsadli foydalanish bo‘yicha qator ishlar olib borilayotganligini ta’kidlab o‘tdi.

Bu borada inson omilini keskin kamaytirish, jamoatchilik ishtirokini kengaytirish, ochiqlik va oshkoralikni ta’minlash uchun vazirlikda “Situatsion markaz” faoliyati yo‘lga qo‘yildi.

Hozirga qadar “Situatsion markaz” tomonidan o‘rganilgan moliyaviy xato va kamchiliklarni bartaraf etish hamda davlat byudjetiga yetkazilgan zararni qoplash bo‘yicha tegishli tashkilotlar bilan birgalikda zarur ishlar olib borilmoqda.

O‘tgan hafta 38 mingdan ortiq davlat va nodavlat bog‘chalar rahbarlari bilan o‘tkazilgan muloqot davomida bog‘chalardagi pedagoglar salohiyati, ta’lim-tarbiya sifati bo‘yicha amalga oshirilishi zarur bo‘lgan ishlar muhokama qilingan edi.

Vazir ushbu masalaga ham atroflicha to‘xtalib, joylarda maktabgacha ta’lim muassasalari rahbarlari bilan uchrashuv o‘tkazish hamda ularning soha rivojiga doir takliflarini umumlashtirgan hoda o‘rganib chiqish bo‘yicha mas’ullarga o‘z ko‘rsatmalarini berdi.

“Turon” maktab teatri respublika tanlovida o‘tgan yili 12 mingdan ortiq jamoa (101 384 nafar o‘quvchi) ishtirok etgan bo‘lsa, joriy yilda 45 mingdan ortiq jamoa (362 304 nafar o‘quvchi) qatnashmoqda.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?

Ko‘p o‘qilganlar

Yangiliklar taqvimi

Кластер