Buyuk ajdodimizga ehtirom
Foto: «Xalq soʻzi»
Sohibqiron Amir Temur – buyuk davlat asoschisi boʻlib, u Hindiston hamda Xitoydan Qora dengizga qadar, Sirdaryo va Orol dengizidan Fors qoʻltigʻiga qadar hududni qamrab olgan markazlashgan saltanatga asos soldi. Oʻzbekistonda koʻplab shahar va tumanlardagi shoh koʻchalar, maydonlar, taʼlim dargohlari Amir Temur nomi bilan ataladi.
Toshkent, Samarqand, Shahrisabz va boshqa shaharlarning markaziy maydonlarida Amir Temur haykali qad rostlagan. Toshkentdagi Amir Temur xiyobonida Temuriylar tarixi davlat muzeyi barpo etilgan. Toshkentda, Samarqandda va koʻplab xorijiy mamlakatlarda 1996-yil Amir Temur tavalludining 660-yilligi YUNESKO tomonidan keng nishonlandi.
Amir Temur tavalludining 687-yilligi munosabati bilan respublikamizning turli tashkilotlarida sana munosabati bilan madaniy-maʼrifiy tadbirlar boʻlib oʻtmoqda. Shu jumladan, joriy yilning 7-aprel kuni Oʻzbekiston Fanlar Akademiyasi Oʻzbekiston tarixi davlat muzeyida Qori Niyoziy nomidagi OʻzPFITI xodimlari tomonidan “Buyuk ajdodimizga ehtirom mavzusida” maʼnaviy-maʼrifiy tadbir tashkil etildi. Unda Qori Niyoziy nomidagi OʻzPFITI professor-olimlari, muzey rahbariyati, doktorantlar, Oʻzbekiston Respublikasi Milliy gvardiyasi qoshidagi Toshkent “Temurbeklar maktabi” harbiy-akademik litseyi oʻquvchilari hamda Toshkent shahridagi 256-maktab oʻquvchilari ishtirok etdi.
Ilmiy-maʼrifiy anjumanda “Sohibqiron Amir Temur – ilm-fan homiysi, maʼnaviyat va maʼrifat meʼmori”, “Sohibqiron Amir Temurning xotin-qizlar va oilaga boʻlgan munosabatining tarbiyaviy ahamiyati”, “Sohibqiron Amir Temurning drayver kompetensiyalari va zamon”, “Jahon tarixida Amir Temurning oʻrni” mavzusida maʼruzalar tinglandi. Talaba va oʻquvchi yoshlar Temur tuzuklaridan parcha oʻqidilar, sahna koʻrinishlarini namoyish etdilar.
Muzeyga tashrif buyurgan mehmonlar Oʻzbekiston Tarixi davlat muzeyi ekspozitsiya va koʻrgazma zallarida namoyish etilgan eksponatlar bilan yaqindan tanishdilar. Maʼnaviy-maʼrifiy anjuman qatnashchilari Sohibqiron Amir Temur haqida qimmatli maʼlumotlarga ega boʻldilar.
Xolboy IBRAIMOV,
Qori Niyoziy nomidagi
OʻzPFITI direktori, professor.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- Alisher Navoiy – ilm va maʼno ehtiyoji manbai
- Investorlar uchun eng jozibador hudud yoxud investitsiya oqimidagi keskin tafovutning sabab va oqibatlari
- Ilm-fan sohasida xotin-qizlarga yaratilgan imkoniyatlarga bagʻishlangan anjuman
- Oʻzbekistonda inson aʼzolarini 3D bioprinterda chop etish imkoniyati yaratilmoqda
- Bedilni xalqqa tanitgan xattot
- Milliy naqshlarda oʻzligimiz namoyon
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring