Butunjahon oʻyinlari-2022ni Oʻzbekiston delegatsiyasi 2ta medal bilan yakunladi
AQSHning Birmingem shahrida oʻtkazilgan XI Butunjahon oʻyinlari ham oʻz poyoniga yetdi. Nufuzli musobaqada 110ta mamlakatdan 3 600 nafardan ortiq atlet gʻoliblik uchun bahs olib borishdi.
Oʻzbekiston delegatsiyasi ushbu musobaqaga 5 nafar sportchi bilan ishtirok etdi. Hamyurtlarimiz orasida dastlab karatechimiz Doston Otabolayev tatamiga chiqdi. -75 kg vazn toifasida jang olib borgan 2021-yilgi jahon chempioni yakunda bronza medali bilan taqdirlandi.
Shuningdek, Indoneziyada oʻtgan 2018-yilgi Osiyo oʻyinlarida kumush medalga sazovor boʻlgan u-shuchi qizimiz Darya Latisheva bu gal ham shohsupaning ikkinchi pogʻonasiga koʻtarildi.
Afsuski, musobaqada badiiy gimnastikachimiz Yekaterina Fetisova, jiu-jitsuchi Bahrom Mashrapov hamda muay-tay ustasi Fanat Qahramonga biroz omad yetishmadi. Shu tariqa, delegatsiyamiz Birmingemda 1 ta kumush va 1 ta bronza medalini qoʻlga kiritdi.
Kelgusi XII Butunjahon oʻyinlari 2025-yilda Xitoyning Chengdu shahrida oʻtkaziladi.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- “Loʻlilar faqat tilanchimi?...” Ular yashayotgan mahalladan fotoreportaj
- Hokimlik Toshkentni “yuva boshladi“. Xoʻsh, suv sepish havo ifloslanishini kamaytiradimi?
- Yangilanayotgan Markaziy Osiyo: birlik, doʻstlik va hamkorlikning yangi bosqichi
- “Adabiyot va hayot”: Sultonboy Dehqonovning shaxsiy fotokoʻrgazmasi ochildi (+fotoreportaj)
- Nogironligi boʻlgan fuqarolarga 30 mln soʻmgacha foizsiz ssuda ajratiladi
- Kambagʻallikni qisqartirish: pul emas, aql-idrok va bilim muhim
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring