Butun respublikada tozalik va ozodalik oyligi eʼlon qilinadi
Illyustrativ foto
Butun respublikada tozalik va ozodalik oyligi eʼlon qilinadi. Bu haqda Prezident raisligida oʻtayotgan videoselektor yigʻilishida aytildi.
Mahallaning ozodaligi shu yerda yashayotgan aholi, “mahalla yettiligi”, hokimning “yuzi”. Shunday boʻlsada, ayrim mahallalar, koʻchalar, qurilishlar atrofi, ariqlar, xiyobonlarda ozodalik talablariga rioya etilmayotgani koʻrsatib oʻtildi.
Shu bois, butun respublikada tozalik va ozodalik oyligi eʼlon qilinadi.
Har bir tuman va shahar hokimi koʻchasi, yoʻli, arigʻi, xiyobonini tartibga keltirib, doimo ozoda tutishi shartligi qayd etildi.
Obodonlashtirishga masʼul hokim oʻrinbosarlariga bugunoq 24 soat ishlaydigan brigadalar tashkil qilib, koʻcha, xonadon, koʻp qavatli uy, ijtimoiy obyektlar atrofini tozalash topshirildi.
“Toza hudud” korxonalariga qarashli maxsus texnikalar ham bunga toʻliq safarbar qilinadi.
Ichki ishlar vazirligi va Milliy gvardiyaga chiqindi tashlaganlik uchun jarima qoʻllash vakolati berilgani qayd etilib, ularga joylarga chiqib, shahar va tuman markazlarida kunlik nazorat oʻrnatish topshirildi.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- Oʻzbekistonda Kasbiy taʼlim agentligi tashkil etiladi
- Roʻziqul Berdiyevning matbuot anjumanidagi fikrlari yuzasidan surishtiruv oʻtkaziladi
- Tramp Koreya yarimorolidagi mojaroga yakun yasashga vaʼda berdi
- AQSH Rossiyaga bosim oʻtkazishning muqobil usullarini oʻrganmoqda
- Oʻzbekistonning yangi trayektoriyasi: Asosiy xorijiy transferlar xaritasi
- Hindistonda “Montta” sikloni sababli qariyb 90 ming kishi evakuatsiya qilindi
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring