“Bunyodkor ayol” milliy forumi: eʼtibor va ragʻbat
Fargʻona shahridagi Islom Karimov nomli viloyat teatr-konsert saroyida “Bunyodkor ayol” xotin-qizlar milliy forumi boʻlib oʻtdi.

Mamlakatimizda birinchi marotaba oʻtkazilgan ushbu tadbir mustaqilligimizning 34-yilligi munosabati bilan “Vatan uchun, millat uchun, xalq uchun!” degan hayotbaxsh gʻoya ostida tashkil qilindi. Unda shahar-tuman hokimi oʻrinbosarlari, faol ayollar, tadbirkorlar, “Ayollar daftari”ga kiritilgan xotin-qizlar vakillari ishtirok etdi.
— Aynan ijtimoiy daftarlar roʻyxatiga kiritilgan opa-singillarimiz bilan ishlashda viloyatda oʻziga xos namuna hamda tajriba maktabi shakllangan, — deydi Fargʻona viloyati hokimi oʻrinbosari Komila Kavlonova. — Xususan, birgina “Ayollar daftari” bilan ishlash jarayonida yuz minglab xotin-qizlar bandiligi taʼminlandi, faol tadbirkorlikka jalb etildi.

Ayni jarayonda har bir mahalla, oila kesimida tizimli ish tashkil etish, keng koʻlamli islohotlar samarasini taʼminlashda xotin-qizlar faolligini oshirish doimiy vazifalarimiz sirasiga kiritilgan. Bugungi tadbir ham bu boradagi eʼtibor va ragʻbatning yana bir namunasidir.
Tadbirda Fargʻona viloyati hokimi Xayrullo Bozorov, Bosh vazir oʻrinbosari – Oila va xotin-qizlar qoʻmitasi raisi Zulayho Mahkamova qatnashdi.
Botir MADIYOROV
“Xalq soʻzi”
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- Nega biz haligacha oʻzga sayyoraliklar bilan uchrashmaganmiz?
- 16-yanvar kuni baʼzi joylarda qor yogʻadi
- Raqamli Oʻzbekiston uchun kiber-huquqshunoslar: Prezident Farmoni yuridik taʼlimning yangi davrini ochadi
- Oʻzbekiston Respublikasining xorijdagi diplomatlaridan iborat delegatsiya aʼzolari Islom sivilizatsiyasi markaziga tashrif buyurdi (+fotoreportaj)
- Koʻrfaz arab davlatlari bozoriga bojsiz kirish imkoni yaratiladi
- Dunyo boʻylab qon va koʻzyosh bilan oʻtgan bir hafta — 20 ta suratda
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring