Bundan buyon xususiy oliygohlardagi pedagogik yoʻnalishlar davlat institutlari bilan bir xil boʻladi — Prezident.

Foto: Prezident matbuot xizmati
Prezident raisligida oʻtayotgan videoselektor yigʻilishida Avloniy malaka oshirish institutining 13 ta hududiy markazidagi yondashuvlarni ham, dasturlarni ham tubdan oʻzgartirish zarurligi taʼkidlandi.
Masalan, Jizzax malaka oshirish markazidagi 60 nafar professor-oʻqituvchining barchasi AQSH, Buyuk Britaniya, Singapur, Germaniyani yetakchi oliygohlari dasturlari asosida qayta tayyorlanadi.
Shu bilan birga, maktabdagi 17 ta fanni har biri boʻyicha alohida tayanch maktablari boʻladi.
Har bir tayanch maktabning 1 nafar oʻqituvchisi Malaka oshirish markaziga kelib, oʻz yoʻnalishida xalqaro dasturlar asosida chuqur tayyorlanadi, ularga trener maqomi beriladi. Yaʼni, ularning bilim va amaliy koʻnikmasi markaz oʻqituvchisidan kam boʻlmaydi.
Ushbu trenerlar oʻziga biriktirilgan hududdagi 25 nafar yetakchi oʻqituvchini oʻqitadi, yetakchi oʻqituvchilar esa oʻz maktabidagi qolgan muallimlarni malakasini oshirib boradi.
Tuman hokimlari tayanch maktablarda 1 ta kasbiy mahorat xonasini tashkil qilish va uni toʻliq jihozlashga masʼul boʻladi.
Barcha viloyat hokimlari Avloniy nomidagi malaka oshirish instituti andozasi asosida hududlardagi malaka oshirish markazlarini taʼmirlash ishlarini yil oxirigacha yakunlashi shartligi haqida ogohlantirildi.
Xususiy oliygohlar faoliyatiga keng yoʻl ochib berildi.
Lekin ularda pedagogika yoʻnalishi boʻyicha oʻqiyotgan talabalarning 70 foizi maktabgacha taʼlim, boshlangʻich taʼlim va filologiya boʻyicha tayyorlanmoqda.
“Aniq va tabiiy fanlar boʻyicha pedagoglarni koʻpaytirmasak, IT, “yashil” energetika, “sunʼiy intellekt”, “yangi materiallar” kabi dolzarb sohalarga minglab kadrlarni qayerdan yetkazamiz?
Bundan buyon xususiy oliygohlardagi pedagogik yoʻnalishlar davlat institutlari bilan bir xil boʻladi”, dedi Prezident.
Ulardagi pedagoglar va talabalar bilimi tashqi diagnostikadan oʻtkaziladi. Shu orqali nodavlat oliygohlarda pedagog tayyorlash sifati nazoratga olinadi.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- Ish haqi, pensiya, nafaqa va stipendiyalar miqdori 10 foizga oshiriladi
- Eron va Isroil oʻrtasidagi ziddiyatlar xronologiyasi yoxud bugungi “urush”ning ildizi qayerda?
- Olimlar Alsgeymer kasalligidan himoya qiluvchi parhez haqida maʼlumot berishdi
- Dollar kursi oshishda davom etmoqda
- Parkentda yiliga 20 ming sayyohni qabul qiladigan turistik majmua ochilmoqda
- Oʻzgarishlarni soʻz bilan uygʻotgan jurnalist
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring