Bundan buyon yigʻilish va qarorlarni kamaytirib, ijro va aholi muammolari boʻyicha ishlaydigan tizim boʻladi — Shavkat Mirziyoyev

18:51 18 Iyul 2022 Siyosat
768 0

Foto: president.uz

Prezident raisligida videoselektor yigʻilishi boʻlib oʻtmoqda. Bu haqda Prezident matbuot kotibi Sherzod Asadov xabar berdi.

«Bundan buyon yigʻilish va qarorlarni kamaytirib, ijro va aholi muammolari boʻyicha ishlaydigan tizim boʻladi.

Samarqand viloyatidagi oʻrganishlar koʻp kamchiliklarimizni koʻrsatdi. Bir oydan keyin har bir viloyat hokimi qilgan ishlari haqida alohida hisobot beradi.

Oldimizda hali eng qiyin va ogʻir islohotlar turibdi. Hamma oʻzgarishi kerak, ish uslublarini ham oʻzgartirishi kerak», dedi Prezident.

Vazirlar Mahkamasida, vazirlar va hokimlar ham oʻz tizimida oʻn kun muddatda strukturasi va ish uslublarini oʻzgartirishi shartligi koʻrsatib oʻtildi.

Adliya vazirligiga muddatda aholi va tadbirkorlarni yangiliklardan xabardor qilish va ularga qulayliklar yaratish hamda qonunchilikni ixchamlashtirish boʻyicha yangi tizimni ishlab chiqish topshirildi.

Hisob palatasi, Moliya vazirligiga berilayotgan mablagʻlar maqsadli ishlatilishi, ayniqsa, qurilishni moliyalashtirish, subsidiya va kompensatsiya ajratish jarayonlarini raqamlashtirish boʻyicha yangi tizimni ishlab chiqish topshirildi.

“Umuman, hamma mahalla, tumanga tushib, muammolarni ichiga kirib, aniq natijaga ishlashi shart”, dedi davlatimiz rahbari.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?