Buxoroda Telegram orqali giyohvand modda sotgan shaxslar qoʻlga tushdi
Buxoro viloyatida internet ijtimoiy tarmoqlari orqali giyohvandlik vositasini sotish holati fosh etildi. Bu haqida Iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish departamenti xabar berdi.
Unda aytilishicha, Bosh prokuratura huzuridagi Departamentning Buxoro viloyati boshqarmasi xodimlari tomonidan tezkor tadbir oʻtkazilgan.
Unga koʻra, Telegram messenjerida kanal-bot tashkil etgan shaxslar fuqaroga tarkibida giyohvandlik moddasi boʻlgan 0,97 gramm “Gashish” vositasini 810 ming soʻmga sotishga kelishib, giyohvandlik vositasini Kogon tumani, “Suxor” MFY hududidan oqib oʻtuvchi kanal qirgʻogʻiga oʻrnatilgan beton orasiga yashirib qoʻyganliklari aniqlangan.
Hozirda mazkur holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 273-moddasi (giyohvandlik vositalari, ularning analoglari yoki psixotrop moddalarni oʻtkazish maqsadini koʻzlab qonunga xilof ravishda tayyorlash, olish, saqlash va boshqa harakatlar qilish, shuningdek ularni qonunga xilof ravishda oʻtkazish) bilan jinoyat ishi qoʻzgʻatilgan.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- Alisher Navoiy – ilm va maʼno ehtiyoji manbai
- Investorlar uchun eng jozibador hudud yoxud investitsiya oqimidagi keskin tafovutning sabab va oqibatlari
- Ilm-fan sohasida xotin-qizlarga yaratilgan imkoniyatlarga bagʻishlangan anjuman
- Oʻzbekistonda inson aʼzolarini 3D bioprinterda chop etish imkoniyati yaratilmoqda
- Bedilni xalqqa tanitgan xattot
- Milliy naqshlarda oʻzligimiz namoyon
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring