Buxoroda tayyorlangan zebigardon yevropalik buyurtmachiga yetkazildi

16:14 23 Sentyabr 2024 Jamiyat
315 0

Istam IBROHIMOV/“Xalq soʻzi”. Asli germaniyalik, ammo Shveysariyada yashovchi Analiya Falkon Buxoro shahridagi qadimiy Sayfiddin karvonsaroyida ijod qilib turgan xalq amaliy sanʼati ustalari mehnatini kuzatib, hayratini yashira olmadi. Yurtimizga turmush oʻrtogʻi va ikki farzandi bilan sayohat qilgani kelgan mehmonni ayniqsa, taniqli zargar Shodmon Saidmurodovning ijodiy ishlari oʻziga mahliyo etdi.

— Milliy zargarlik buyumlarimiz bilan har qancha faxrlansak arziydi, — deydi joriy yilda qadimiy shaharda oʻtkazilgan “Zardoʻzlik va zargarlik” xalqaro festivali gʻoliblari qatoridan oʻrin olgan Sh. Saidmurodov. — Turistlar ustaxonamizga kelib, qoʻl mehnati asosida tayyorlanuvchi zebigardon, tillaqosh, bilakuzuk, zirak kabi zeb-u ziynatlarga havas bilan razm soladi. Analiya Falkonga kelsak, u zebigardonga buyurtma berdi. Kumushdan tayyorlangan, sirtiga tilla suvi yuritilgan zebigardonni bir hafta ichida tayyorlab, Shveysariyaga joʻnatdik. Hozirgacha xorijdan tushgan oʻnga yaqin shu kabi buyurtmani ado etdik. Bundan tashqari, xorijiy davlatlarda tashkil etilayotgan nufuzli xalqaro koʻrgazmalarda faol qatnashib, milliy zargarlik sanʼatimizni koʻz-koʻz qilyapmiz, uning raqobatbardoshligini oshirayapmiz. Davlatimiz rahbarining 2019-yil 18-maydagi “Oʻzbekiston Respublikasida zargarlik tarmogʻini jadal rivojlantirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi Farmoni bu boradagi imkoniyatlarimizni yanada kengaytirdi.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?

Ko‘p o‘qilganlar

Yangiliklar taqvimi

Кластер