Buxoroda ikki maktab oʻquvchisining oʻlimiga sababchi boʻlgan haydovchi qamaldi
Foto: Videodan kadr
Buxoro viloyatida yoʻl harakati qoidalarini buzib YTH sodir etgan va ikki nafar maktab oʻquvchisining oʻlimiga sababchi boʻlgan avtobus haydovchisiga hukm oʻqildi. Bu haqda Oliy sud matbuot kotibi Aziz Obidov maʼlum qildi.
Bildirilishicha, mazkur YTH joriy yilning 18-mart kuni Kogon tumanida sodir boʻlgan. Hodisa oqibatida tumandagi 5-sonli ixtisoslashtirilgan maktabning ikki nafar oʻquvchisi halok boʻlgan. Boshqalari turli darajada tan jarohatlari olgan.
Oʻshanda bir nechta avtobus bolalarni Buxoro shahridagi drama teatriga olib borayotgan boʻlgan va qoidabuzarlik ortidan ularning biri YTHga uchragan. Olib borilgan tergov harakatlarida avtobusni boshqargan haydovchi yoʻl harakati qoidalarini qoʻpol ravishda buzib, halokatga sababchi boʻlgani aniqlangan.
Manbaga koʻra, Kogon shahar sudida oʻtkazilgan sud majlisida haydovchi Jinoyat kodeksining 266-moddasi 3-qismi “a” bandida nazarda tutilgan jinoyatni sodir etgan deb topilgan.
Sud 33 yoshli ayblanuvchini 3-yil muddatga barcha turdagi transport vositalarini boshqarish huquqidan mahrum etgan holda, unga 9-yil muddatga ozodlikdan mahrum qilish jazosini tayinlagan.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- Komiljonov Muxammadsolih Sobirjon oʻgʻlining “Salomatlik landshaftlarini tashkil etish tamoyillarini ishlab chiqish” mavzusidagi (arxitektura fanlari boʻyicha) falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasining himoyasi eʼloni
- «Yevroosiyo Banki» Aksiyadorlik jamiyatining tugatish komissiyasi xabari
- Doʻstlik va hamkorlikni kengaytirgan forum (+fotoreportaj)
- Namangan – yangilanish va goʻzallik shahri
- Oʻzbekiston yoki Misr. Qaysi terma jamoa kuchli?
- Yangilanayotgan Markaziy Osiyo: birlik, doʻstlik va hamkorlikning yangi bosqichi
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring