Buxoroda fuqaroga koʻp qavatli uy qurish uchun 10 ming dollarga yer olib bermoqchi boʻlgan firibgar ushlandi

15:00 16 Avgust 2021 Jamiyat
686 0

Bosh prokuratura huzuridagi Departamentning Buxoro shahar boʻlimi, DXX hamda Milliy gvardiyaning viloyat boshqarmalari tomonidan oʻtkazilgan tezkor tadbirda, fuqaro I.S. boshqa bir fuqaro S.ga vakolatli tanishlari orqali Buxoro shahrida koʻp qavatli uy-joy qurish uchun yer maydoni ajratib berishni vaʼda qilib, evaziga firibgarlik yoʻli bilan 10 000 AQSH dollarini olgan vaqtida ashyoviy dalillar bilan ushlangan.

Mazkur holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 168-moddasi (firibgarlik) va 28, 211-moddasi (pora berish) bilan jinoyat ishi qoʻzgʻatilib, tergov harakatlari oʻtkazilmoqda.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?