Buxoroda beshta tarixiy yodgorlik buzilishi natijasida sal kam 300 mlrd soʻmlik zarar yetkazildi

14:00 02 Iyun 2023 Madaniyat
1073 0

Bosh prokuratura tomonidan oʻtkazilgan tekshiruvlar natijasida Romitan tumanida oʻtkazilgan oʻrganishlar davomida, hududda joylashgan 5 ta arxeologiya yodgorligiga turli sabablarga koʻra jami 291,4 mlrd soʻmlik jiddiy shikast yetkazilganligi aniqlandi.

Xususan, noqonuniy qazish va buzish ishlari olib borilganligi sababli, oʻrta asrlarga oid “Tepa 9» arxeologiya merosi obyektiga 269,6 mlrd soʻmlik, “Qalai Mullabektepa” yodgorligiga 19,7 mlrd soʻmlik, “Amirtepa” yodgorligiga 1,1 mlrd soʻmlik, “Xoʻja Haqqitepa” yodgorligiga 832 mln soʻmlik va “Tepa-5» yodgorligiga 202 mln soʻmlik zarar yetkazilgan.

Buxoro viloyat prokuraturasi xabariga koʻra, aniqlangan holatlar yuzasidan jinoyat ishi qoʻzgʻatilib, dastlabki tergov harakatlari olib borilmoqda.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?