“Bukhara-Varnet«da invitro usulida koʻchat yetishtirilmoqda
Foto: Xalq so‘zi
Oʻzbekiston – Turkiya hamkorligidagi “Bukhara-Varnet” masʼuliyati cheklangan jamiyati «Buxoro – agro» erkin iqtisodiy zonasida qad rostlagan qaldirgʻoch korxonalardan sanaladi. Bu yerda gidroponika usulida qishloq xoʻjaligi mahsulotlari yetishtirilyapti. Birgina oʻtgan yilning oʻzida korxona tomonidan qariyb ikki million AQSH dollari miqdoridagi mahsulot xorijga eksport qilindi.
2018-yilda oʻz faoliyatini boshlagan va bugungi kunga kelib 40 gektar maydonda issiqxona barpo etgan “Bukhara-Varnet«dagi innovatsion yondashuvlar eʼtiborni tortmay qolmaydi. Yaqinda bu yerda yana bir yangilikka qoʻl urildi. Invitro texnologiyasi asosida koʻchat yetishtirish yoʻlga qoʻyildi. «Invitro» lotincha soʻz boʻlib, “shisha idishda” degan maʼnoni anglatadi. Ayrim sohalar, xususan, qishloq xoʻjaligiga invitro usuli dadil kirib kelmoqda. Bu oʻrinda soʻz u yoki bu navni uning eng yaxshi genetik xususiyatlarini saqlagan holda mikroklonal koʻpaytirish haqida boryapti.
“Bukhara-Varnet ning deyarli uch gektar yerni egallagan va maxsus tizimlar vositasida zarur mikroiqlim yaratilgan koʻchatxonasida ushbu usulda 90 million dona koʻchat yetishtirilmoqda. Koʻchatlar issiqxona xoʻjaliklariga sotiladi. Hozirdayoq bu koʻchatlarning salmoqli qismiga xaridor bor. Bu yerda nafaqat pomidor, balki shaftoli, olma, gilos kabi mevali daraxt koʻchatlarini ham shu yoʻsinda undirib, ichki va tashqi bozorga yetkazish imkoniyati mavjud.
Turkiyalik sarmoyador Anvar Xurshidning bildirishicha, invitro texnologiyasi asosida yetishtirilgan koʻchatlar turdoshlariga qaraganda serhosilligi, shuningdek, kasalliklarga chidamliligi bilan ajralib turadi.
Istam IBROHIMOV, “Xalq soʻzi”.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- Oʻzbekistonda Kasbiy taʼlim agentligi tashkil etiladi
- Roʻziqul Berdiyevning matbuot anjumanidagi fikrlari yuzasidan surishtiruv oʻtkaziladi
- AQSH Rossiyaga bosim oʻtkazishning muqobil usullarini oʻrganmoqda
- Tramp Koreya yarimorolidagi mojaroga yakun yasashga vaʼda berdi
- Oʻzbekistonning yangi trayektoriyasi: Asosiy xorijiy transferlar xaritasi
- Hindistonda “Montta” sikloni sababli qariyb 90 ming kishi evakuatsiya qilindi
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring