Bugungi kunda Oʻzbekistonda 2 milliondan ziyod bola maktabgacha taʼlim olish imkoniyatiga ega — Agrippina Shin
Foto: Arxiv surat
Joriy yilning 14-dekabr kuni Maktabgacha taʼlim vazirligida Oʻzbekiston Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi qoshidagi Jamoatchilik kengashi va OAV vakillari bilan 2017-2022-yillarda amalga oshirilgan ishlarga bagʻishlangan ochiq muloqot boʻlib oʻtdi.
Maktabgacha taʼlim vaziri Agrippina Shin tadbirni ochar ekan, bugungi kunda 2 milliondan ortiq bola maktabgacha taʼlim muassasalariga qamrab olingani, ularga 160 mingdan ortiq pedagog taʼlim berayotganini maʼlum qildi. «2023-yilda biz taʼlim sifatiga eʼtibor qaratamiz, dedi Agrippina Shin. Malakali oʻqituvchilarni ham tayyorlaymiz. Bundan tashqari, biz xalqaro investitsiyalarni jalb qilish, xalqaro sheriklik va hamkorlikni yoʻlga qoʻyish hamda rivojlantirish ustida ishlaymiz».
Taʼkidlash joizki, 2017-2022-yillarda bolalarni maktabgacha taʼlim muassasalariga qamrab olish darajasi ikki barobardan ziyod oshib, bugungi kunda 69,5 foizga yetdi.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- Kambagʻallikni qisqartirish: pul emas, aql-idrok va bilim muhim
- FIDE jahon kubogi chempioni Javohir Sindarovni kutib olish marosimi boʻlib oʻtdi (+fotoreportaj)
- Oʻzbekistonda xotin-qizlarga nisbatan raqamli zoʻravonlikka barham berish boʻyicha 16 kunlik kampaniya boshlandi
- “Matonatli Maryam” filmi keng jamoatchilikka taqdim etildi
- Saida Mirziyoyeva Dohadagi kino festivalga tashrif buyurdi
- “2026-yil uchun Oʻzbekiston Respublikasining Davlat byudjeti toʻgʻrisida”gi Qonun loyihasi eʼlon qilindi
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring