Bugundan sovuq chekinib havo isiy boshlaydi

14:54 26 Fevral 2021 Jamiyat
1547 0

Bugundan boshlab sovuq havo massalari respublikamiz hududidan chiqishni boshladi. Uning oʻrniga Turkmaniston hududlaridan iliq havo massalari kirib kelmoqda.

Ushbu haftaning ish kunlari oxirida Oʻzbekiston hududi Rossiyaning Yevropa hududi orqali kirib kelgan juda sovuq havo massalari taʼsiri ostida boʻldi.

Kechasi va ertalab havo harorati 10-12° sovuqgacha pasaydi. Qoraqalpogʻistonda 20-22° sovuq, Ustyurtda 23-25° sovuq boʻldi. Kunduz kunlari harorat 4-6° sovuqdan yuqoriga koʻtarilmadi, shimolda harorat 8-10° sovuq atrofida boʻldi. Bunday harorat meʼyoriy qiymatlardan 12-17° past boʻldi.

Bugundan boshlab sovuq havo massalari respublikamiz hududidan chiqishni boshladi. Uning oʻrniga Turkmaniston hududlaridan iliq havo massalari kirib kelmoqda.

Dam olish kunlari havoning ilishi davom etadi. Yakshanba kuniga kelib, kechasi 3-5° sovuqgacha kuchsizlanadi, kunduz kunlari esa 7-12° iliqgacha koʻtariladi. Ammo bu fevral oyining oxiridagi iqlimiy meʼyorlardan biroz pastroqdir.

Respublika hududining koʻp qismida yogʻingarchiliksiz ob-havo boʻlishi kutilmoqda. Faqat Qoraqalpogʻistonda, Xorazm viloyatida va respublikaning togʻli hududlarida baʼzi joylarda biroz qor yogʻadi.

Oʻzbekistonning togʻli hududlarida qor koʻchishi xavfi saqlanib turadi.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?

Ko‘p o‘qilganlar

Yangiliklar taqvimi

Кластер