Bugundan ipoteka kreditlari boʻyicha subsidiyaga arizalar qabul qilish boshlandi
Ipoteka kreditlari boʻyicha subsidiyaga arizalar qabul qilish boshlandi. Bu haqida Iqtisodiyot va moliya vazirligi xabar berdi.
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2025-yil 21-fevraldagi “Uy-joy va ipoteka bozorini yanada rivojlantirishga oid qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida”gi PF–26-sonli Farmon ijrosini taʼminlash maqsadida ipoteka kreditlari boʻyicha subsidiyalar toʻlashning tasdiqlangan maqsadli koʻrsatkichlari doirasida taqdim etilgan subsidiya xabarnomalarining foydalanilmagan qismi hisobidan arizalar qabul qilish joriy yilning 2 oktyabr kuni soat 09:00 da boshlangan.
Fuqarolar subsidiya olish uchun quyidagi usullardan birini tanlagan holda ariza topshirishlari mumkin boʻladi:
- Davlat xizmatlari markazlariga bevosita murojaat qilish orqali;
- Elektron tarzda my.gov.uz portalida https://my.gov.uz/oz/service/325 havolasi orqali;
- MyGov mobil ilovasi orqali.
Shuningdek, ipoteka kreditlari boʻyicha subsidiya olishda ijtimoiy mezonlar asosida baholangan ariza beruvchi 30 va undan yuqori ball toʻplagan boʻlishi lozim.
Ariza beruvchi va uning yaqin qarindoshlarining (bunda yaqin qarindoshlar arizada koʻrsatilgan hollarda) oʻrtacha daromad miqdori quyidagi chegaralarda boʻlishi zarur:
- Qoraqalpogʻiston Respublikasi va viloyatlarda — mehnatga haq toʻlashning eng kam miqdorining 2,7 baravaridan (3 mln 431 ming 700 soʻm) – 8 baravarigacha (10 mln 168 ming soʻm);
- Toshkent shahrida mehnatga haq toʻlashning eng kam miqdorining 2,7 baravaridan (3 mln 431 ming 700 soʻm) – 9,2 baravarigacha (11 mln 693 ming 200 soʻm).
Bundan tashqari, ariza beruvchida, shu jumladan, uning turmush oʻrtogʻining nomida respublikaning barcha hududlari miqyosida mulk huquqi bilan turar joy mavjud boʻlmasligi lozim.
Maʼlumot uchin, ijtimoiy himoyaga muhtoj boʻlgan ayrim shaxslar tegishli ijtimoiy mezonlar asosida baholanadi.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- Ramazon va tibbiy yondashuv: kimlar ehtiyot boʻlishi kerak?
- “E-ekspertiza” platformasi orqali elektron hujjatlar almashinuvini yoʻlga qoʻyish tartibi tasdiqlandi
- Nodavlat sud-eksperti sifatida faoliyat yuritish yanada soddalashtiriladi
- “Istanbul Bashakshehir” mehmondan gʻalaba bilan qaytdi
- Ukrainaning uch viloyatida portlashlar qayd etildi. Qurbonlar bor
- Bu yil Oʻzbekiston Proligasida 14 ta jamoa ishtirok etadi
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring