Bugundan Ai-80 benzinini birja savdolari orqali sotish toʻxtatildi
Foto: Spot
Prezidentning ““Oʻzbekiston – 2030” strategiyasini “Atrof-muhitni asrash va “yashil iqtisodiyot” yilida amalga oshirishga oid davlat dasturi toʻgʻrisida”gi Farmoni ijrosiga muvofiq, “Oʻzbekneftgaz” AJ tomonidan bosqichma-bosqich yuqori oktanli (Ai-92) avtobenzin ishlab chiqarishga oʻtish va sentyabr oyidan boshlab birja savdolariga faqat yuqori oktanli avtobenzin joylashtirilishi rejalashtirilgan edi.
Shu bois, “Oʻzbekneftgaz” aksiyadorlik jamiyati 2025-yil 2-sentyabrdan boshlab, Ai-80 benzinini birja savdolari orqali sotishni toʻxtatdi, deb xabar bermoqda AJ matbuot xizmati.
Bildirilishicha, oʻz navbatida Ai-92 rusumidagi avtobenzinning birja savdolariga chiqarish hajmlari oshirildi. Shu vaqtga qadar 1000 tonna Ai-92 benzini savdolarga qoʻyilgan boʻlsa, bugungi kunda bu raqam 1720 tonnani tashkil etmoqda.
“Ichki bozor talabidan kelib chiqib, bu hajmlarni oshirish imkoniyati mavjud”, deyiladi xabarda.
Qoʻshimcha qilinishicha, joriy yil avgust oyida tadbirkor isteʼmolchilar tomonidan xarid qilingan Ai-80 rusumidagi avtobenzin hajmlari majburiyat va mavjud qoldiqlar doirasida sentyabr oyida ham oʻz egalariga yetkazib beriladi.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- Oʻzbekiston milliy terma jamoasi uchun Jahon chempionati qurʼasi omadli oʻtdimi?
- “Matonatli Maryam” filmi keng jamoatchilikka taqdim etildi
- Ўзбекистон терма жамосининг Жаҳон чемпионатидаги ўйин саналари эълон қилинди
- AQSH Yevropadan NATO majburiyatlarining asosiy qismini oʻz zimmasiga olishni talab qildi
- FIDE jahon kubogi chempioni Javohir Sindarovni kutib olish marosimi boʻlib oʻtdi (+fotoreportaj)
- Reuters: Asadning Moskvadagi tarafdorlari Suriyada qoʻzgʻolon rejalashtirmoqda
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring