Bugun Javohir Sindarov Shvetsiyadagi nufuzli musobaqada oʻz ishtirokini boshlaydi
Bugun Shvetsiyaning Malmo shahrida nufuzli xalqaro shaxmat turniri, “Tepe Sigeman 2025” start oladi. Ushbu musobaqa aylana tizimida oʻtkaziladi va unda dunyoning yetakchi sakkiz nafar grossmeysteri ishtirok etmoqda. Ular orasida Oʻzbekiston sharafini himoya qilayotgan yosh va iqtidorli shaxmatchimiz Javohir Sindarov ham bor.
Turnirda ishtirok etayotgan boshqa nomdor shaxmatchilar qatorida Vengriyadan Richard Rapport, Niderlandiyadan Ervin Lʼami, AQSHdan Rey Robson, Shvetsiyadan Nils Grandelius, Ukrainadan Vasiliy Ivanchuk, Turkiyadan Yagыz Kaan Erdogmush va Xitoydan yagona ayol grossmeyster, 16-jahon chempioni Tan Chjunʼi ham bor.
Qurʼa natijasiga koʻra, bugungi 1-turda Javohir Sindarov qora donalarda Tan Chjunʼi bilan uchrashadi. Ushbu bahs shaxmat ixlosmandlari uchun qiziqarli va intrigalarga boy boʻlishi kutilmoqda. Poygalar Toshkent vaqti bilan soat 18:00da boshlanadi.
Mazkur turnir Sindarov uchun xalqaro reyting ochkolarini oshirish va tajriba orttirish borasida muhim ahamiyat kasb etadi. Grossmeysterlar oʻrtasidagi bu musobaqa nafaqat sport nuqtayi nazaridan, balki shaxmat madaniyatini rivojlantirish yoʻlida ham yuksak ahamiyatga ega.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- G20 sammitining Janubiy Afrikada oʻtkazilishi sharmandali holat – Tramp
- AQSH va Britaniya Suriya muvaqqat prezidenti Axmad ash-Sharʼani “qora roʻyxat”dan chiqardi
- Oʻzbekiston U-17 terma jamoasi Jahon chempionatidagi ikkinchi oʻyinida magʻlub boʻldi
- Mashinada xavfsizlik kamarini taqish mumkin boʻlmagan kasalliklar roʻyxati tasdiqlanadi
- Oʻzbekiston milliy terma jamoasining xalqaro musobaqa uchun qaydnomasi eʼlon qilindi
- “Doha — Qatarning yuragi, tungi ritmda urib turgan shahar”
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring