Bugun Prezident oʻqituvchi va murabbiylar bilan muloqot qiladi
Foto: Prezident matbuot xizmati
Bugun, 15-sentyabr kuni Prezident Shavkat Mirziyoyev Toshkent viloyatining Boʻstonliq tumaniga tashrif buyuradi hamda oʻqituvchi va murabbiylar bilan muloqot qiladi. Bu haqda Prezident matbuot kotibi Sherzod Asadov maʼlum qildi.
Tadbirda davlatimiz rahbari taʼlim-tarbiya tizimida alohida oʻrnak koʻrsatgan xodimlardan bir guruhiga davlat mukofotlarini tantanali topshiradi hamda taʼlim sifatini oshirish, oʻqituvchi va murabbiylarni yanada qoʻllab-quvvatlash masalalarini muhokama qiladi.
Tashrif doirasida tumanda amalga oshirilayotgan bunyodkorlik ishlari bilan tanishish ham rejalashtirilgan.
Eslatib oʻtamiz, Shavkat Mirziyoyev joriy yilning 11-sentyabr kuni oʻqituvchi va murabbiylar kuni munosabati bilan taʼlim-tarbiya tizimida alohida oʻrnak koʻrsatgan xodimlardan bir guruhini mukofotlash toʻgʻrisida Farmon imzolagan edi.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- Ilm-fan sohasida xotin-qizlarga yaratilgan imkoniyatlarga bagʻishlangan anjuman
- Oʻzbekistonda inson aʼzolarini 3D bioprinterda chop etish imkoniyati yaratilmoqda
- Bedilni xalqqa tanitgan xattot
- Milliy naqshlarda oʻzligimiz namoyon
- Nodavlat sud-eksperti sifatida faoliyat yuritish yanada soddalashtiriladi
- “Istanbul Bashakshehir” mehmondan gʻalaba bilan qaytdi
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring