Bugun Oʻzbekiston U-23 jamoasi Mali U-23ga qarshi ikkinchi oʻrtoqlik uchrashuvida maydonga tushadi
“Parij-2024” yozgi Olimpiada oʻyinlariga tayyorgarlik koʻrayotgan Oʻzbekiston U-23 jamoasi bugun Mali U-23 jamoasiga qarshi ikkinchi xalqaro oʻrtoqlik uchrashuvida maydonga tushadi. Bahs “Bunyodkor” stadionida soat 19:00 da boshlanadi.
Ushbu jamoalar oʻrtasidagi birinchi bellashuv 7-iyun kuni boʻlib oʻtib, unda 1:1 hisobida durang natija qayd etilgandi. Terma jamoamiz safida Alisher Odilov 23-daqiqada hisobni ochgan boʻlsa, 62-daqiqada raqiblar Bubakar Traorening goli hisobni tenglashtirgandi.
Oʻzbekiston U-23 Olimpiada qurʼa natijasiga koʻra, Ispaniya, Misr va Dominikan Respublikasi jamoalari bilan “S” guruhidan joy olgan.
Mali ham “Parij-2024” ishtirokchisi hisoblanadi.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- 21-oktyabr – Oʻzbek tili bayrami kuni
- Oʻz xalqini Siz kabi chin dildan sevadigan davlat rahbarini uchratmadim – “ACWA Power” kompaniyasi boshqaruvi raisi Muhammad Abunayyan
- Oʻzbekistonning yangi trayektoriyasi: Asosiy xorijiy transferlar xaritasi
- Roʻziqul Berdiyevning matbuot anjumanidagi fikrlari yuzasidan surishtiruv oʻtkaziladi
- Oʻzbekistonda Kasbiy taʼlim agentligi tashkil etiladi
- Oʻzbekiston tasviriy sanʼat galereyasida Samarqand maktabining yangi nafasi
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring