Bugun Oʻzbekiston U-23 jamoasi Afrika qitʼasi vakiliga qarshi maydonga tushadi
Arxiv foto
«Parij-2024» yozgi Olimpiada oʻyinlariga tayyorgarlik koʻrayotgan Oʻzbekiston U-23 jamoasi bugun Mali U-23 jamoasiga qarshi Toshkentda ikkita xalqaro oʻrtoqlik uchrashuvida maydonga tushadi.
Oʻzbekiston U-23 va Mali U-23 oʻrtasidagi birinchi bellashuv bugun, 7-iyun kuni soat 19:00da «Bunyodkor» stadionida boshlanadi.
Eʼtiborlisi, Mali ham «Parij-2024» ishtirokchisi hisoblanadi. Ushbu jamoa «D» guruhida Yaponiya, Paragvay va Isroilga qarshi keyingi bosqich yoʻllanmasi uchun bellashadi.
Oʻzbekiston U-23 qurʼa natijasiga koʻra, Ispaniya, Misr va Dominikan Respublikasi jamoalari bilan «S» guruhidan joy olgan.
Oʻzbekiston U-23 va Mali U-23 oʻrtasidagi ikkinchi xalqaro oʻrtoqlik oʻyini shu yilning 10-iyun kuni oʻtkaziladi.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- G20 sammitining Janubiy Afrikada oʻtkazilishi sharmandali holat – Tramp
- AQSH va Britaniya Suriya muvaqqat prezidenti Axmad ash-Sharʼani “qora roʻyxat”dan chiqardi
- Oʻzbekiston U-17 terma jamoasi Jahon chempionatidagi ikkinchi oʻyinida magʻlub boʻldi
- Oʻzbekiston milliy terma jamoasining xalqaro musobaqa uchun qaydnomasi eʼlon qilindi
- Yosh oʻzbek yozuvchisining asari Xalqaro bolalar adabiyoti kengashining faxriy roʻyxatiga kiritildi
- Turkiya sudi Netanyahuni Gʻazoda genotsid sodir etganlikda ayblab, hibsga olish orderini maʼqulladi
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring