Bugun — Oʻzbekiston xalq yozuvchisi Muhammad Ali tavallud topgan kun
Isteʼdodli shoir, adib va tarjimon Muhammad Ali (Muhammad Ali Ahmedov) 1942-yil 1-martda Andijon viloyatida tugʻilgan.
Ijodkor “Fazodagi hislar”, “Shafaq”, “Otalar yurti”, “Dostonlar”, “Oq nur”, “Ilhom parisi”, “Sen bir gulsan”, “Ona duosi” va boshqa sheʼriy asarlari, “Boqiy dunyo”, “Ulugʻ saltanat”, “Sarbadorlar” kabi nazmiy va nasriy romanlari bilan milliy adabiyotimizni boyitdi. Adibning oʻnlab tarjimalari kitobxonlar qoʻliga yetib borgan.
Oʻzbekiston madhi
Oʻzbekiston – sen buyuk doston,
Shoir yozdi qalb qoni bilan.
Tugʻyon, armon, tepib turgan jon,
Vijdoniyu imoni bilan!
Ayamasdan yoshligin zinhor,
Orzularin barin etib jam,
Shijoatu shiddat, neki bor
Fido qildi senga chinakam!
Farzand burchi – zalvorli yukdir,
Mayishguvsi anov-manov qad!
Qoshingdaku qarzi buyukdir,
Bittasini uzoldi faqat:
Ona-Vatan peshonasida
Balqib yondi tole yulduzi!
Farzand uchun, doʻstlar, aslida
Bundan ortiq ne baxt bor oʻzi?..
Ona Vatan! Mangu omon boʻl!
Sen jismlar ichida jon boʻl!
Umri boqiy buyuk doston boʻl!
Oʻzbekiston, Oʻzbekiston boʻl!..
Oh, jonajon Vatan
Oh, jonajon Vatan! Timsoling
Sobit turar qalbim qatida.
Chechak yozgay yorqin iqboling
Farzandingning muhabbatida!
Yurtim bordir, demangiz, nechuk?
Yurtsiz dillar dogʻdir, kuyukdir.
Inson uchun, kattami, kichik
Tuqqan yurti doim buyukdir.
Maqtanayin, koʻrsin keng jahon,
“Vatan!” debon koʻksim kerayin!
Doston bitay, bir ajib doston.
Taqdiringni soʻylab berayin.
Dostonimning har bitta faslin
Noming bilan boshlayin, diyor!
Sevsam diyorlarning asilin,
Mendan baxtli dunyoda kim bor?..
Sen uvalik-juvalik yurtsan,
Toshkent, Qoʻqon, Xivalik yurtsan,
Nasibang bor ming-ming yillarda,
Hali yaralmagan dillarda!…
(“Boqiy dunyo” sheʼriy romanidan parchalar)
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- AQSH va Britaniya Suriya muvaqqat prezidenti Axmad ash-Sharʼani “qora roʻyxat”dan chiqardi
- G20 sammitining Janubiy Afrikada oʻtkazilishi sharmandali holat – Tramp
- Oʻzbekiston U-17 terma jamoasi Jahon chempionatidagi ikkinchi oʻyinida magʻlub boʻldi
- Mashinada xavfsizlik kamarini taqish mumkin boʻlmagan kasalliklar roʻyxati tasdiqlanadi
- Oʻzbekiston milliy terma jamoasining xalqaro musobaqa uchun qaydnomasi eʼlon qilindi
- “Doha — Qatarning yuragi, tungi ritmda urib turgan shahar”
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring