Isroil rasman “Tinchlik kengashi”ga qoʻshildi

21:52 12 Fevral 2026 Dunyo
338 0

Isroil urushdan keyin Gʻazo sektorini boshqarish uchun tuzilgan “Tinchlik kengashi”ga rasman qoʻshildi. Bu haqda TASS Isroil bosh vaziri kanselyariyasiga tayanib xabar berdi.

Maʼlum qilinishicha, Binyamin Netanyahu mazkur hujjatni AQSH davlat kotibi Marko Rubio ishtirokida imzolagan.

Imzolash marosimi bosh vazirning AQSH prezidenti Donald Tramp bilan uchrashuvidan oldin boʻlib oʻtgan, — deyiladi xabarda.

Qayd etilishicha, “Tinchlik kengashi” Isroil va HAMAS oʻrtasidagi kelishuv asosida Gʻazoni boshqarish uchun tashkil etilgan. Shu bilan birga, u boshqa hududlarda ham mojarolarning oldini olish va ularni tartibga solish bilan shugʻullanishi kutilmoqda.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?

Ko‘p o‘qilganlar

Yangiliklar taqvimi

Кластер