Erdogʻan Yaqin Sharqdagi urushni toʻxtatishga chaqirdi
Turkiya Prezidenti Rejep Tayyip Erdogʻan AQSH va Isroilning Eron bilan urushini, mojaro eskalatsiyasi butun mintaqani qamrab olmasdan turib, toʻxtatishga chaqirdi. Uning soʻzlarini “Anadolu” agentligi keltirmoqda.
Partiyadoshlari oldida chiqish qilar ekan, Erdoʻgʻon vaziyatni diplomatik yoʻl bilan hal qilish “hali ham toʻlaqonli imkonli” ekanini taʼkidladi.
— Ushbu urush kengayib, mintaqani butunlay olov ichida qoldirmasdan avval uni toʻxtatish kerak, — dedi Turkiya yetakchisi.
Turkiya Prezidenti agar urush davom etsa, insoniy qurbonlar va moddiy yoʻqotishlar yanada koʻpayishi, dunyo iqtisodiyotiga yetkaziladigan zarar esa yanada ortishi haqida ogohlantirdi.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- Abduqodir Husanov yana bir bor “Real Madrid”ga qarshi oʻynaydi
- Bolalar saratoniga qarshi kurash: xalqaro hamkorlikdagi muhim qadam
- Superliganing 2026-yilgi mavsumi boshlanmoqda
- Har burchagida tarix yashiringan shahar — Londondan fotoreportaj
- Dzyudo boʻyicha Toshkent “Katta dubulgʻa” musobaqasi boshlandi
- 1-mart — Zulfiya tavallud topgan kun. “Bugun tunda kelarmish bahor”
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring