Bugun Oliy Majlis Qonunchilik palatasi Innovatsion rivojlanish, axborot siyosati va axborot texnologiyalari masalalari qoʻmitasi raisi Ilhom Abdullayev tugʻilgan kun

13:51 18 May 2022 Jamiyat
546 0

Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi Innovatsion rivojlanish, axborot siyosati va axborot texnologiyalari masalalari qoʻmitasi raisi Ilhom Abdullayev 1965-yil 18-may kuni Turkmaniston Respublikasida tavallud topgan.

U 1985-yil Turkman davlat pedagogika universitetini tamomlagan. Ayni paytda fizika-matematika fanlari nomzodi, siyosiy fanlari doktori.

Ilhom Abdullayev 2018-yil “Doʻstlik” ordeni bilan taqdirlangan.

“Xalq soʻzi” va “Narodnoye slovo” gazetalari tahririyati jamoasi Oliy Majlis Qonunchilik palatasi Innovatsion rivojlanish, axborot siyosati va axborot texnologiyalari masalalari qoʻmitasi raisi Ilhom Abdullayevni tugʻilgan kuni bilan qutlab, uning xalqimiz farovonligi hamda Vatanimiz ravnaqi yoʻlidagi faoliyatiga ulkan muvaffaqiyatlar tilaydi.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?